» » “Qishloq qurilish bank” Sergeli filiali ish boshladi

“Qishloq qurilish bank” Sergeli filiali ish boshladi


Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” tomonidan jurnalistlar uchun navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida yurtimizdagi yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari “Qishloq qurilish bank” Sergeli filiali ochilish marosimida ishtirok etdi va yangi binoda yaratilgan zamonaviy sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Yangi filial aholiga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Bu haqda, yangi filial ochilishi munosabati bilan bank Boshqaruvi va Sergeli tuman hokimligi rahbarlari, bank mijozlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar alohida to‘xtalishdi.

Bank binosi zamonaviy bank texnologiyalari, xususan, bankomatlar, infokiosklar bilan jihozlangan. Mijozlarga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 24/7 rejimida ishlaydigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobcha kecha-yu kunduz uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

ATB “Qishloq qurilish bank“ kelgusida ham o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirish orqali mijozlar ishonchini qozonishga, tadbirkorlar faoliyatini rag‘batlantirishga va aholi daromadlarini oshirishga intiladi.

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют