» » Kecha-yu kunduz — mijozlar xizmatidamiz!

Kecha-yu kunduz — mijozlar xizmatidamiz!


Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank”ning 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tarmog‘i tobora kengayib bormoqda.

Kuni kecha poytaxtning Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarida, Andijon shahrida navbatdagi shoxobchalar foydalanishga topshirildi. Aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida tashkil qilinayotgan mazkur shoxobchalar zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangan.

Bankomatlar orqali fuqarolar kunning istalgan vaqtida so‘m plastik kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirishi mumkin.

Infokiosklar orqali to‘lovlarni plastik kartochkalardan va naqd pulda qabul qilish, plastik kartochka hisobvarag‘i harakati to‘g‘risida ma’lumot olish, “SMS-xabarnoma” xizmatiga ulanish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, infokiosklar yordamida “Qishloq qurilish bank”dan olingan kreditlarning asosiy va foiz qismini qaytarish, turli kommunal to‘lovlar, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarniamalga oshirish mumkin.

E’tiborga molik jihati, Toshkent shahrining Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan 24/7 o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga klaviaturali infokiosk qurilmalari o‘rnatilgan. Bu qurilma yordamida “Qishloq qurilish bank” mijozi bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar bank filialiga bormasdan turib, shoxobchaning o‘zida – klaviaturali infokiosk orqali “Internet banking” xizmatidan foydalanib, naqd pulsiz to‘lov amaliyotlarini bajarmoqdalar.

Shoxobchalarga o‘rnatilgan infomonitorlar foydalanuvchilarga bank xizmatlari haqidagi eng so‘nggi yangiliklar, xizmat ko‘rsatish tariflari va video materiallar bilan tanishish imkonini beradi.

O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar aholi gavjum hududlarda tashkil qilinmoqda. Xususan, poytaxtdagi bunday shoxobchalar hozirda “Mirobod dehqon bozori”, “Askiya dehqon bozori”, “O‘rikzor savdo kompleksi”ga yaqin hududlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Shoxobchalarda nogiron fuqarolar foydalanishi uchun ham sharoitlar yaratilgan.

“Qishloq qurilish bank” kelgusida 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, bank tomonidan shoxobchalarda avtomatlashtirilgan, valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi bankomatlarishga tushirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Zamonaviy va qulay bank xizmatlaridan foydalaning!

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Ma’lumot uchun:

Telefon: 71 150-93-39

Veb-sayt

Telegram

Facebook

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют