» » Xabaringiz bormi? Yangi shoxobcha 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz ishlaydi

Xabaringiz bormi? Yangi shoxobcha 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz ishlaydi


Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan “Mirobod” dehqon bozoriga yaqin hududda 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchasini foydalanishga topshirdi. Shoxobcha zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bankomatlar, infokiosk, infomonitor va “Internet banking” xizmatidan foydalanuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi klaviaturali infokiosk qurilmalari bilan jihozlangan.

Bankomatlar orqali fuqarolar kunning istalgan vaqtida so‘m plastik kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirishi mumkin.

Infokiosklar orqali to‘lovlarni plastik kartochkalardan va naqd pulda qabul qilish, plastik kartochka hisob varag‘i harakati to‘g‘risida ma’lumot olish, “SMS-xabarnoma”xizmatiga ulanish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, infokiosklar yordamida “Qishloq qurilish bank”dan olingan kreditlarning asosiy va foiz qismini qaytarish, turli kommunal to‘lovlar, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Endilikda “Qishloq qurilish bank” mijozi bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar bank filialiga bormasdan turib, shoxobchaning o‘zida – klaviaturali infokiosk orqali Internet banking xizmatidan foydalanib, naqd pulsiz to‘lov amaliyotlarini bajarmoqdalar.

Info monitor foydalanuvchilarga bank xizmatlari haqidagi eng so‘nggi yangiliklar, taqdimotlar va video materiallar bilan tanishish imkonini beradi.

Yana bir yangilik – yaqin kunlarda shoxobchada avtomatlashtirilgan, valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi bankomat ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda.

“Qishloq qurilish bank” kelgusida 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Zamonaviy va qulay bank xizmatlaridan foydalaning!

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Ma’lumot uchun:

Telefon: +998 71 150-93-39

Veb-sayt

Telegram

Facebook

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют