» » QQB-Mobile — endi yanada qulay!

QQB-Mobile — endi yanada qulay!


Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga va o‘z mijozlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqda. Xususan, bank tomonidan Android platformasi asosida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun joriy etilgan QQB-mobile mobil ilovasi tobora ommalashib bormoqda.

Bugungi kunda ushbu zamonaviy dasturdan foydalanib mijozlar uyali aloqa operatorlari, shahar telefoni, internet provayderlar, raqamli televideniye xizmatlari, iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni hamda kommunal to‘lovlarni (elektr energiya, tabiiy gaz, issiqlik manbai, ichimlik suvi, maxsustrans va h.k.) amalga oshirib kelmoqdalar. Shuningdek, mobil ilova orqali hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish, Online Smart Vista plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jarima to‘lovlarini amalga oshirish mumkin.

Shu kunlarda mazkur dastur foydalanuvchilari yana bir imkoniyatga ega bo‘lishdi. Endilikda MUNIS to‘lov tizimi orqali QQB-mobile ilovasi yordamida ATB “Qishloq qurilish bank” plastik kartasidan mablag‘larni boshqa bank plastik kartasiga o‘tkazishlari mumkin bo‘ldi.

Bundan tashqari ilovadan foydalanish yanada qulay bo‘lishi uchun birmuncha soddalashtirildi.

Dasturdan foydalanish uchun PlayMarket ilovalaridan QQB-mobile ilovasi yuklab olinadi

Yana bir yangilik - “Qishloq qurilish bank” bankomatlarida endilikda bir vaqtning o‘zida ham naqd pul mablag‘larini yechish, ham plastik kartochkalar bilan amallar bajarish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.

Eng muhimi shundaki, bank tomonidan joriy etilayotgan bu kabi yangiliklarning barchasi aholiga va mijozlarga yanada qulaylik yaratishni, zamonaviy bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirishni ko‘zlaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 150-39-93; 150-76-47,

Sayt: www.qqb.uz

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (30-12-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют