O‘zbekistonda 2 kun davomida notariuslar faoliyat ko‘rsatmasligi ma’lum qilindi
O‘zbekistondagi notariuslar 29-avgust soat 19:00 dan 1-sentabr 19:00 gacha faoliyat ko‘rsatmaydi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi.
Qayd etilishicha, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida muammolar kuzatilmoqda.
Ushbu muammolarni hal qilish, tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ma’lumotlarni yangi server qurilmalariga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.
Shu sababli, 2020-yilning 29-avgust kuni soat 19:00 dan 1-sentabr kuni soat 19:00 ga qadar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ish faoliyati to‘xtatib turiladi va ushbu kunlarda notariuslar faoliyat ko‘rsatmaydi.
“Sizlardan mazkur noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, shu kunlari notarius qabuliga borishni rejalashtirmasligingizni so‘raymiz”, – deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
