» » Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yashnobod tumanida barpo etilayotgan uy-joylarni borib ko‘rdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yashnobod tumanida barpo etilayotgan uy-joylarni borib ko‘rdi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanida barpo etilayotgan yangi uy-joylarni borib ko‘rdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, “Assalom, sohil” deb nomlangan 23 gektarlik bu majmuada 22 ta 9-16 qavatli uy qurilmoqda. Ularda 3236 xonadon bo‘ladi.

Konstruksiyalar 9 balldan yuqori amplitudadagi seysmik chidamlilikka ega. Devorlar 3 qoplamali bo‘lib, xonadonlar qishda iliq, yozda salqin bo‘lishini ta’minlaydi. Har bir xonadon modul tipidagi alohida isitish qozoni bilan jihozlanadi.

Uylar ko‘chib kelish uchun tayyor holatda topshiriladi. Xaridorlar talabi va imkoniyatiga qarab, ularda komfort, biznes va ekonom klassdagi sharoitlar yaratiladi.

Majmua hududida bolalar bog‘chasi va maktab, sport va o‘yin maydonchalari, do‘konlar, kafelar, savdo markazi barpo qilinadi.

Davlat rahbari majmuaning shourumida bo‘ldi. Uylarga sifatli xizmat ko‘rsatish, aholining dam olishi, bolalar tarbiyasi uchun sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev xorij tajribasi asosida qurilgan yengil konstruksiyali kottejlarni ham ko‘zdan kechirdi. Bu uylar arzonligi, o‘n kunda bitkazilishi bilan ajralib turadi, buyurtma asosida bir necha xil shaklda qurib beriladi. Bunday kottejlar, ayniqsa, tog‘li va cho‘l hududlari uchun juda mos keladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют