» » Niderlandiya muzeyidan Frans Xalsning qiymati 15 mln dollarlik kartinasi o‘g‘irlab ketildi. Asar uchinchi marta o‘g‘irlandi

Niderlandiya muzeyidan Frans Xalsning qiymati 15 mln dollarlik kartinasi o‘g‘irlab ketildi. Asar uchinchi marta o‘g‘irlandi


Niderlandiyadagi Lerdam shahrida joylashgan xususiy muzeydan rassom Frans Xalsning “Pivo krujkasi bilan kulib turgan ikki bola” nomli asari (2020-yil 26-avgustda, tunda) o‘g‘irlab ketildi. O‘g‘rilar muzeyga orqa eshikdan kirgan. Signalizatsiya ishlagan, ammo politsiya voqea joyiga yetib kelgan vaqtda binoda hech kim bo‘lmagan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Frans Xals — golland rassomchiligining “oltin asri” deya ulug‘lanadigan XVII asr davri ijodkorlaridan biri bo‘lgan. Xals taniqli rassomlar Rembrandt va Yan Vermeerning zamondoshi, portretlar ustasi edi. U fransiyalik faylasuf Rene Dekartning mashhur portretlaridan birini chizgan. Rassom Vinsent Van Gog Xalsning asarlarida qora rangning 27 xil soyasini ilg‘ash mumkinligi haqida gapirgandi.

“Pivo krujkasi bilan kulib turgan ikki bola” asari 1626-yilda chizilgan. Niderlandiyalik art-detektiv, san’at olamidagi “Indiana Jons” Artur Brand RTL nashriga bergan intervyusida suratning narxi 15 million AQSh dollariga baholanganini bildirgan. Kartinani avval ham 1988 hamda 2011-yillarda o‘g‘irlashgan. Ikkala holatda ham surat Yakob van Reysdalning “Mevalar g‘arq pishgan o‘rmonning ko‘rinishi” asari bilan birga o‘g‘irlangan. Birinchi o‘g‘irlikdan keyin asar oradan uch yil o‘tib, ikkinchi marta yo‘qolganida esa oradan olti oy o‘tgach topilgan. Ikkala holatda ham ayblanuvchilar topilgan va sud qilingan.

Kartina ikkinchi marta o‘g‘irlab ketilganidan keyin Lerdamdagi muzey xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirgan. “Pivo krujkasi bilan kulib turgan ikki bola” va boshqa qimmatbaho suratlar alohida zalga o‘tkazilgan va u yerga faqat muzey xodimlarining hamrohligida kirish mumkin edi. Muzey koronavirus pandemiyasi davrida e’lon qilingan karantin sabab yopib qo‘yilgandi. Muzey rasmiylari Xals asarining yana bir bora o‘g‘irlab ketilishi yuzasidan izoh berishni istamagan. Politsiya ham jinoyatchilar yoki asarning qayerda bo‘lishi mumkinligi yuzasidan asosli taxmin ayta olmagan.

Artur Brand RTL’ga bergan intervyusida Xalsning kartinasi mafiya yetakchisining buyurtmasiga ko‘ra o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. Bunday odamlar o‘g‘irlangan san’at asarlarini sotib olib, hukumatlar bilan o‘zi o‘tirgan qamoq muddatini qisqartirishga urinadi. 1990-yillarda gollandiyalik giyohvand moddalar savdogari Kis Xautman, 2000-yillarda italiyalik Rafaele Imperiale kelishuv tuzishga uringan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Brandning fikricha “Pivo krujkasi bilan kulib turgan ikki bola” ikkita sababga ko‘ra o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin: birinchidan asar ancha qimmat turadi va xavfsizlik talablariga to‘liq javob bera olmaydigan kichik muzeyda saqlanadi. Yana bir sabab esa asarning avval ham ikki marta o‘g‘irlab ketilgani bo‘lishi mumkin.

“Jinoyatchilar suratning qimmatbaho ekanini tushungan holda uni o‘g‘irlash ham u qadar qiyin kechmasligiga ishongan”, —deydi Brand.

Niderlandiya uchun bu yil boshidan uncha katta bo‘lmagan muzeydan o‘g‘irlab ketilgan ikkinchi tasviriy san’at namunasi. Mart oyida Laren shahrida Vinsent Van Gogning “Bahor bog‘i, Nyuen bahorining ruhoniylar bog‘i” nomli asari o‘g‘irlab ketilgandi.

Bitta tasviriy san’at asarining uch marta o‘g‘irlab ketilishi san’at olamidagi rekord hisoblanmaydi. Rembrandt tomonidan 1632-yilda chizilgan “Yakob de Heyn III”ning portreti to‘rt marta, Yan va Xubert van Eyk 1432-yilda chizgan “Gensk qurbongohi” olti marta (ayrim manbalarga ko‘ra yetti marta) o‘g‘irlangan. Suratning bir qismi hanuzgacha topilmagan.

Mavzuga doir: Karantinda zerikayotgan insonlar mashhur kartinalar va filmlar posterlarini qayta yaratdi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 06:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют