» » Shahzoda Uilyam va Garri malika Diananing yubileyi uchun uning haykalini buyurtma qildi

Shahzoda Uilyam va Garri malika Diananing yubileyi uchun uning haykalini buyurtma qildi


Britaniya taxti merosxo‘ri shahzoda Charlzning birinchi rafiqasi va shahzodalar Uilyam hamda Garrining onasi malika Diana tavalludining 60 yilligi munosabati bilan uning haykali Londonga o‘rnatiladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Diananing farzandlari tomonidan 2017-yilda buyurtma qilingan haykalni Britaniyaning barcha tangalaridagi qirolicha Yelizaveta II ning portreti muallifi Ien Renk-Brodli yaratadi.

Haykal 2021-yilning 1-iyulida Kensington saroyi bog‘iga o‘rnatiladi. Uning tashqi ko‘rinishi haqida ma’lumotlar oshkor etilmagan.

BBC ma’lumotlarga ko‘ra, Kensington bog‘ida malikaning xotirasiga bag‘ishlab allaqachon bolalar maydonchasi qurilgan, Gayd bog‘ida esa memorial fontan joylashgan.

Ma’lumot uchun, malika Diana va shahzoda Charlz 1996-yilda ajrashgan. 1997-yilning 31-avgustiga o‘tar kechasi Diana Parij shahrida avtohalokat oqibatida halok bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют