» » Mirjalol Qosimov: Buxoroga qoyil qolish kerak, jamoa oxirgi oyinga chiqqandek harakat qildi

Mirjalol Qosimov: Buxoroga qoyil qolish kerak, jamoa oxirgi oyinga chiqqandek harakat qildi


OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Coca-Cola Superliga 13-turi doirasida Buxoroga qarshi kechgan oyindagi durangdan (2:2) keyin oz fikrlari bilan ortoqlashdi.

Shiddatli, qiziqarli, jangovar oyin boldi. Futbol shunisi bilan qiziq. Birinchi bolimda barchasini hal qilish kerak edi. Gol urish uchun yaxshi imkoniyatlarimiz boldi, Mate Vatsadzening ozida ikki bor golli vaziyat yuzaga keldi. Ikkinchi bolimda darvozamizga kirgan ikkita topni biri ajoyib chiqdi, ikkinchisi rikoshetdan urildi. Buxoro jamoasiga qoyil qolish kerak, oxirgi oyinga chiqqandek harakat qildi. Ularni musobaqa jadvalida egallab turgan orni mana shunday kurashishga majbur qilmoqda, koproq ochko jamgarishi lozim. Durang boldi, qaysidir manoda bunga ozimiz ham aybdormiz. Yoq joydan ikkinchi golni olib keldik. Buxoro qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi. Yigitlarga ham oxirigacha kurashgani uchun rahmat aytib qolaman. Birinchi davrani maglubiyatsiz yakunladik. Bu ham oziga yarasha kichkina tarix.

Faqatgina Husniddin Gofurovni olish bilan cheklanmoqdamiz. Menimcha, boshqa transfer bolmaydi.

Mavsum boshidan beri maqsadimiz ozgargani yoq. Chempionlar Ligasiga yollanma beradigan orinlardan birini egallash, kerakli natijaga erishib muxlislarimizni xursand qilish.

Muvaffaqiyatlarning hech qanday siri yoq. Toydan oldin nogora chalmagan maqul. Yilni oxirida sarhisob qilamiz. Albatta,maglubiyatsiz otkazish ozi bolmaydi. Ikkinchi davrada ham jiddiy oyinlar bor. Ozbekiston Kubogida ham oldinga qadam tashlamoqchimiz. Bu yerda ortiqcha piar qilishni hojati yoq. Qachonki oldimizga qoyilgan maqsadga erishsak, oshanda biror narsa desa boladi.

Albatta, markazlashgan holatda chempionatni vaqtliroq otkazish kerak edi.Koronavirusbiz oylagandek oddiy shamollash emas. Chunki ozimizning yaqinlar bu kasallikdan qiynaldi. Kecha yurgan insonlar bugun koz yummoqda. Bundan buyon hammamiz ozimizga qarab, ehtiyot bolib yursak bundan yengil chiqamiz. Ozbekiston, butun dunyo koronavirusdan qutulishini istaymiz. Boshida etiborsiz boldik. Masalan, ozimizni futbolchi Igor Zonich 38 kun davolandi. Ikkinchi davra uy-safar tizimida davom ettiriladi. Muxlislarga ham ruxsat berilsa, uy-safar tizimi yaxshiroq. Shunaqa boshlanadi. Ammo oxirgi tortta turni shunday markazlashgan holatda otkazish mantiqqa togriroq bolardi.

Suhrob Sultonovning xatolari? Lokomotiv bilan oyinda kutilmagan holatda gol otkazib yubordi. Lekin shunda ham Suhrobga jamoadoshing xato qilsa sen qutqarishing kerak dedim. Bu oyinda ham Buxoro juda ajoyib gol urdi. Kutilmagan holatda topni tepdi. Bu borada mashgulotlarda ishlanadi.

Mirjalol Qosimov, OKMK bosh murabbiyi

OKMK birinchi davrani 29 ochko bilan 2-orinda yakunladi. Jamoa keyingi turda Metallurg bilan oynaydi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (30-08-2020, 09:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -