» » BAA Isroilga nisbatan 48 yil davom etgan iqtisodiy boykotni bekor qildi

BAA Isroilga nisbatan 48 yil davom etgan iqtisodiy boykotni bekor qildi


Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa bin Zayd al-Nahayon Isroilga nisbatan iqtisodiy boykotni bekor qilish to‘g‘risida farmon chiqardi. Bu bilan endi amirlik kompaniyalari Isroil bilan savdo qilishga ruxsat oldi, deb xabar berdi BAA davlat axborot agentligi.

“BAA prezidenti Isroil bilan tinchlik shartnomasi e’lon qilinishi sabab Isroilni boykot qilish va unga tegishli sanksiyalar to‘g‘risida 1972-yil 15-sonli federal qonunni bekor qilish to‘g‘risida 2020-yil 4-sonli farmonni qabul qildi”, — deyiladi davlat agentligi bayonotida.

Farmonga binoan, endi BAAdagi kompaniyalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga Isroil kompaniyalari bilan savdo va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berildi. Isroil BAAga har qanday tovar va mahsulotlarni olib kirishi va arab davlati hududida savdo qilishi mumkin.

Avvalroq Isroil va BAA munosabatlarni to‘liq normallashtirishga kelishib olishgan edi. AQSh bilan qo‘shma uch tomonlama bayonotda, BAA bilan tuzilgan shartnoma asosida Isroil o‘z hududini G‘arbiy Sohil hududi hisobiga kengaytirish to‘g‘risidagi qarorni vaqtincha keyinga qoldirishi aytilmoqda.

Shuningdek, yaqin haftalarda Isroil va BAA investitsiya, turizm, to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar, xavfsizlik, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda bir qator shartnomalarni imzolaydi. Falastin rahbariyati uch tomonlama kelishuvga qat’iy qarshi chiqishini va uni qoraladi hamda o‘z elchisini BAAdan chaqirib oldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют