» » Tramp BAA va Isroil o‘rtasidagi tinchlik bitimining imzolanish muddatini ma’lum qildi

Tramp BAA va Isroil o‘rtasidagi tinchlik bitimining imzolanish muddatini ma’lum qildi


Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi uch hafta ichida tinchlik bitimini imzolaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampga tayanib, ABC News xabar berdi.

Amerika yetakchisining aniqlik kiritishicha, bitimni rasmiy imzolash marosimi Oq uyda bo‘lib o‘tadi.

Trampning ta’kidlashicha, tinchlik bitimidan tashqari Yaqin Sharqda boshqa ijobiy o‘zgarishlar ham amalga oshirilmoqda, biroq u bu borada batafsil to‘xtalib o‘tmagan. Amerika prezidenti boshqa musulmon davlatlari Amirlikdan namuna olib, Isroil bilan aloqalarini yaxshilashiga umid qilishini bildirgan. “Hozirda bu masalani boshqa mamlakatlar bilan muhokama qilmoqdamiz”, — deydi u.

BAA Isroil bilan to‘liq diplomatik va iqtisodiy munosabatlarni barqarorlashtirishga rozi bo‘lgan arab mamlakatlari orasidagi uchinchi davlatga aylandi. Tinchlik bitimiga AQSh vositachiligida erishilgan bo‘lib, uchta davlatning birgalikdagi bayonoti 13-avgust kuni e’lon qilingandi.

Endilikda Isroil va BAA investitsiya, turizm, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar, xavfsizlik, telekommunikatsiya va boshqa masalalarga oid ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashi kerak. Yaqin kunlar ichida tomonlar elchi va elchixonalari bilan almashishi kutilmoqda.

Falastin esa o‘z navbatida BAAning Isroil bilan yarashuviga salbiy munosabat bildirgan. Mamlakat prezidenti Mahmud Abbos Falastinning Amirlikdagi elchisini chaqirib olish bo‘yicha topshiriq bergan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining oxirlarida AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan chiqish qilib, Falastin—Isroil mojarosini barqarorlashtirish bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etgandi. Keyinroq Falastin prezidenti Mahmud Abbos Trampning taklifiga “Quddus sotilmaydi” deya javob qaytargan edi. May oyida esa Mahmud Abbos Falastin AQSh va Isroil bilan barcha kelishuvlardan chiqishini e’lon qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют