» » AQSh va Falastin rahbarlari Isroil bilan kelishish imkoniyatlarini muhokama qildi

AQSh va Falastin rahbarlari Isroil bilan kelishish imkoniyatlarini muhokama qildi


Falastinning Isroil bilan munosabatlarini tartibga solish vaqti keldi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Falastin milliy muxtoriyati rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

“Tinchlik kelishuvi ikki tomonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralari natijasi bo‘lishi lozim. AQSh bu maqsadga erishish uchun Falastin va Isroil yetakchilari bilan izchil hamkorlikda ishlaydi. Nafaqat Qo‘shma Shtatlar, balki boshqa har qanday tomon ham isroilliklar va falastinliklarga o‘z qarorlarini tiqishtira olmaydi”, — deya ta’kidladi Tramp muloqot davomida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga Isroil va Falastin o‘rtasidagi bahs mavzusiga aylangan hududlarda manzilgohlar qurishdan “biroz tiyilib turish”ni maslahat bergan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют