» » Tramp va Netanyaxu Eron tug‘dirayotgan xavfga qarshi turish bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib oldi

Tramp va Netanyaxu Eron tug‘dirayotgan xavfga qarshi turish bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib oldi


AQSh va Isroil yaqin oylar ichida qator ishchi guruhlarni tuzmoqchi, ular shu jumladan, Eron va boshqa mamlakatlar tug‘dirayotgan xavflarga qarshi kurash bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha tarqatgan bayonotga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Ikki yetakchi o‘zlarining tegishli bo‘linmalariga yaqin oylar ichida ikki mamlakatning kiberxavfsizlik, razvedka, xavfsizlik, savdo, texnologiyalar, Eron va boshqa subyektlar tug‘dirayotgan xavflarga qarshi kurash bo‘yicha hamkorligini kuchaytirish uchun qo‘shma ishchi guruhlar shakllantirishni buyurdi”, — deyiladi hujjatda. Unda ta’kidlanishicha, alohida ishchi guruhning faoliyati Falastin iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratiladi.

15-fevral, chorshanba kuni Tramp va Netanyaxu ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Bundan tashqari, yetakchilar matbuot anjumani tashkil qilib, unda ikki davlat hamkorligi doirasidagi ishlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldi, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi eng dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Опубликовано: admin (16-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют