» » Isroil raketa hujumiga javoban G‘azo sektorida XAMASning uchta marrasini o‘qqa tutdi

Isroil raketa hujumiga javoban G‘azo sektorida XAMASning uchta marrasini o‘qqa tutdi


Isroil yahudiy davlati hududi raketadan o‘qqa tutilishiga javoban G‘azo sektoridagi XAMAS harakatiga tegishli uchta marraga zarba berdi. Bu haqda 14-dekabr, payshanba kuni The Times of Israel gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Isroil mudofaa armiyasi vakilining nashrga ma’lum qilishicha, Isroil Harbiy-havo kuchlari XAMASning o‘q-dori omborlari va mashq lagerlariga zarba bergan.

Oxirgi uch kun davomida G‘azo sektori radikallari har kuni Isroilga nisbatan raketa hujumi uyushtirmoqda. 13-dekabr, chorshanba oqshomida yahudiy davlatiga kamida uchta raketa uchirilgan, ulardan ikkitasi Isroil HHK tomonidan tutib qolingan, uchinchisi Eshkol hududiy kengashining aholi yashamaydigan hududida portlagan.

6-dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirishni buyurgandan so‘ng G‘azo sektoridan Isroilga raketa uchirish uch oylik tanaffusdan so‘ng qayta yangilandi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют