» » Toshkent metrosi uch kun bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi uch kun bepul xizmat ko‘rsatadi


Mustaqillik kuni munosabati bilan 31-avgust va 1—2-sentabr kunlari Toshkent metropolitenida harakatlanish bepul bo‘ladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 29-avgust kuni Toshkent metrosi “Yunusobod” yo‘nalishida yangi ikki stansiya — “Yunusobod” va “Turkiston” ish boshlagan edi, 30-avgust kuni tongdan esa “Do‘stlik-2” va “Qo‘yliq” stansiyalari oralig‘idagi yangi yer usti metro yo‘li ishga tushdi.

Avvalroq Mustaqillik kunida Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida ommaviy sayillar va bayram mushakbozliklari bo‘lmasligi haqida xabar berilgan, Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi aholiga bayramni oila davrasida nishonlashni tavsiya qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют