» » Toshkent metrosi 15-avgustdan qayta ish boshlaydi

Toshkent metrosi 15-avgustdan qayta ish boshlaydi


O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 2020-yil 15-avgustdan boshlab Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 15-avgust kuni soat 06:00 dan boshlab Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” yo‘nalishlari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi.

Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir qatnovni yakunlagandan so‘ng to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.

Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning metro bekatlari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda bo‘lishi talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar metro bekatlariga kiritilmaydi.

Yangi kasallanish holatlarining oldini olish va yo‘lovchilar salomatligini himoya qilish uchun metroda ijtimoiy masofani saqlash va niqob taqish qat’iy nazorat qilinadi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Toshkent metropolitenining “Yunusobod” yo‘nalishining yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro yo‘nalishining Do‘stlik—Qo‘yliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.

15-avgustdan boshlab niqob taqmagan fuqarolar nafaqat metroga, balki jamoat transportining boshqa turlariga, shuningdek, binolar va muassasalarga ham kiritilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 12-avgustdagi qarorida mamlakat hududida 17-avgustdan jamoat transporti faoliyatiga ruxsat berish belgilangandi, biroq metroning ishga tushishiga ruxsat berilmasligi qayd etilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 15-avgustdan mahalliy avia va temiryo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют