» » Qirg‘izistonda O‘zbekiston fuqarolarining mamlakat hududiga kirishiga 1-sentabrdan boshlab ruxsat beriladi

Qirg‘izistonda O‘zbekiston fuqarolarining mamlakat hududiga kirishiga 1-sentabrdan boshlab ruxsat beriladi


2020-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari turli cheklovlarsiz Qirg‘iziston hududiga kirishi mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston maxsus shtabiga tayanib “24.kg” nashri xabar tarqatdi.

O‘zbekiston Qirg‘iziston shtabi tomonidan tuzilgan COVID-19 bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqarorlashgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shu sababli endi o‘zbekistonliklar Qirg‘iziston chegaralaridan o‘tib, qo‘shni mamlakat hududiga kirishi mumkin.

Avval Qirg‘iziston mamlakat hududiga kirishiga ruxsat berilgan davlatlar ro‘yxati tuzilganini ma’lum qilgandi. Ro‘yxatga koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati bo‘yicha epidemiologik vaziyat o‘nglangan, kasallikka chalinish ko‘rsatkichi pasaygan davlatlar kiritilgan.

Shuningdek, hukumat xorijliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun ham mamlakatga kirish tartibini soddalashtirgan.

Avval 2020-yil 31-avgust kuni Qirg‘iziston poytaxtidagi Ala-Tov markaziy maydonida prezident So‘ronboy Jeenbekov ishtirokida Mustaqillik bayrami munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi xabar qilingandi.

Tojikistonda ham koronavirus infeksiyasi sababli Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan an’anaviy ommaviy tadbirlar 2020-yilda tashkil qilinmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют