» » Qirg‘iziston 31 ta davlat fuqarolariga o‘z chegaralarini ochdi. Ular orasida O‘zbekiston yo‘q

Qirg‘iziston 31 ta davlat fuqarolariga o‘z chegaralarini ochdi. Ular orasida O‘zbekiston yo‘q


Qirg‘iziston chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatga kirishini soddalashtirdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumat matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Asia Plus.

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 17-martdagi xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Qirg‘iziston hududiga kirishiga vaqtincha cheklov kiritish to‘g‘risida buyrug‘iga o‘zgartirish kiritdi.

Kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, cheklov choralari sharoitida quyidagi toifadagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Qirg‘izistonga kirishi mumkin:

Bundan tashqari, mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq oqibatlarni minimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida chet el fuqarolarining ketishini bosqichma-bosqich tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashishiga qarab, Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi har oyda ikki marta — 1 va 15-sanada ko‘rib chiqiladigan tegishli mamlakatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi.

Ushbu davlatlarning fuqarolari Qirg‘iziston qonunchiligida belgilangan tartibda Qirg‘iziston chegarasini kesib o‘tishi mumkin.

Hozircha Qirg‘iziston quyidagi 31 ta mamlakat fuqarolariga mamlakatga kirishga ruxsat berdi. Mazkur ro‘yxatga O‘zbekiston kiritilmagan:

Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Belgiya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Portugaliya, Turkiya, Shveysariya, Shvetsiya, Qatar, BAA, Xitoy, Malayziya, Janubiy Koreya, Pokiston, Sloveniya, Kuvayt, Yaponiya.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma’lumotlarga asoslanib, davlatlar ro‘yxati Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘iga binoan 2020-yil 20-avgustda qayta ko‘rib chiqilgan.

Mavzuga doir: Qirg‘iziston bosh vaziri fuqarolarni to‘y va sayillarni kamaytirishga chaqirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют