“Pochchamga Allohdan faqat sog‘liq so‘rayapmiz”. Muqaddas Sa’dullayeva Fathulla Mas’udovning vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning o‘ta og‘ir formasini boshdan kechirayotgan aktyor Fathulla Mas’udovning vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Instagram’dagi sahifasi orqali ushbu xabarlarning asosiz ekanligini ma’lum qildi.
Fatxulla Ma’sudov haqlariga duo qilayotganlar, Raxmat ilohim duolaringiz ijobat bo’lsin
“Telegram’da o‘ziga ‘ochko’ ishlash uchunmi, balki to‘g‘ri ko‘ngildami, Fathulla Mas’udov haqida har xil gaplar tarqatayotganlar diqqatiga! Iltimos, har xil gaplar tarqatmanglar! Pochchamning jonlari uzilgani yo‘q. Pochchamga hozir Allohdan faqat sog‘liq so‘rayapmiz”, — deydi Muqaddas Sa’dullayeva.
Shuningdek, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi axborot xizmati ham jurnalist va blogerlardan feyk xabar tarqatmaslikni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 25-avgust kuni O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirus oqibatida vafot etdi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
