» » Xitoydan kelgan 30 ta avtobus Qarshida yo‘lovchi tashishni boshladi. Birinchi yo‘lovchilar viloyat rahbarlari va faollar bo‘ldi

Xitoydan kelgan 30 ta avtobus Qarshida yo‘lovchi tashishni boshladi. Birinchi yo‘lovchilar viloyat rahbarlari va faollar bo‘ldi


Qarshi shahriga Xitoydan keltirilgan 30 ta Golden Dragon rusumli zamonaviy avtobus yo‘lovchi tashishni boshladi. Avtobuslarning birinchi yo‘lovchilari viloyat rahbarlari va faollar bo‘ldi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, 30-avgust, yakshanba kuni viloyat hokimi Zoir Mirzayev va viloyat faollari Qarshi shahridagi “Xo‘jai Jarroh” ziyoratgohida jam bo‘lib, qurbonlik qilingan. So‘ngra Qur’on tilovat qilinib, yo‘lovchi tashish uchun keltirilgan avtobuslar birinchi yo‘lovchilarini manziliga yetkazgan.

Xitoydan keltirilgan zamonaviy avtobuslarga chiqqan viloyat rahbariyati va faollari dastlab Qarshi shahridagi Shuhrat qo‘rg‘onida bo‘lib, qatag‘on qurbonlarini yod etgan.

Shundan so‘ng yo‘lovchilar Alisher Navoiy bog‘idagi Nuroniylar maskanida bo‘lib, viloyat keksalari uchun yaratilgan shart-sharoitni ko‘zdan kechirgan.

“Viloyat hamda Qarshi shahar hokimligi mas’ullari hamrohligidagi viloyat faollari O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi oldidan ochilgan obyektlarda ham bo‘lib, bayram munosabati bilan shaharda qilingan o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi”, — deydi viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov.

Viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati rahbari Mirzohid Jo‘rayevning qo‘shimcha qilishicha, shaharda yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan 30 ta zamonaviy avtobusni “Sharofiddin Nurillo” MChJ mas’ullari olib kelgan bo‘lib, mazkur avtobuslar 1-yo‘nalishda — Qarshi temiryo‘l vokzali—Yerqo‘rg‘on bozori yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...