» » Belarus prezidenti 66 ga kirdi, lekin bu namoyishlarni to‘xtatmadi. 30-avgustning asosiy voqealari

Belarus prezidenti 66 ga kirdi, lekin bu namoyishlarni to‘xtatmadi. 30-avgustning asosiy voqealari


Bugun, 30-avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 66 yoshni qarshiladi. Shu sana munosabati bilan Belarusda ommaviy norozilik namoyishlari o’tkazildi. Namoyish “Ozodlik va mustaqillik marshi” deb nomlandi.

Mavzuga doir:

Bugun erta tongdan Belarus kuch ishlatar tizimlari Minskdagi asosiy katta maydonlarga boradigan va yirik ko‘chalarni bekitishni boshladi.

Lukashenkoning tavallud kuni munosabati bilan uning tarafdorlari unga video tabrik yo‘lladi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aleksandr Lukashenkoni tavallud kuni bilan tabrikladi.

Telefon orqali muloqot chog‘ida ular yaqin vaqtda Moskvada uchrashishga kelishib oldi. Ikki tomonlama keng qamrovli hamkorlikni kengaytirishga kelishib ham olishdi.

Umumiy yig‘in 14:00 da Mustaqillik maydonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo yo‘llar va maydonlar yopilgani sababli namoyishchilar faqatgina ko‘chalarda oq-qizil-oq bayroqlarni ko‘targan holda yurish qildi.

Ayollar qo‘llarida qovoqlar bilan milliy liboslarda Mustaqillik maydoniga qarab yurdi. Belarus afsonalarida kelishicha, qiz biror yigitga rad javobi bersa, uni yoqtirmasa, unga qovoq bergan. Bu juda haqoratli ma’noni bildirgan. Shunga qiyosan ular ham yoqtirilmagan “amaki”ga qovoq olib borishdi.

Odamlar belgilangan vaqtga qarab marshlarni boshladi va markazga qarab yurdi. Ular turli tomonlardan markazga qarab yurdi.

Militsiya hodisalarni yoritishga borgan jurnalistlarni masofa saqlashga va namoyishchilardan 100 metr uzoqlikda turishni talab qildi.

Mustaqillik maydoni yopilgan bo‘lishiga qaramay, odamlar Mustaqillik maydoni prospektiga qarab yuridi.

Ayollar esa prospektda norozilik belgisi sifatida yo‘llarda yotib oldi.

Namoyishchilar Minskning turli ko‘chalarida, turli maydonlarida ham yurishlar qildi. Kuch ishlatar tizim xodimlari esa ularga xalaqit qilishga urindi.

Namoyishlar paytida kuch ishlatar tizim xodimlari namoyishchilarning bir guruhini hibsga oldi.

“TASS” bergan ma’lumotga ko‘ra, namoyishlar vaqtida 140 kishi hibsga olindi.

Belarusda norozilik namoyishlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют