» » Belarusda nima gap? 28-avgustning asosiy voqealari

Belarusda nima gap? 28-avgustning asosiy voqealari


Belarusda 9-avgustdan buyon davom etayotgan tinch namoyishlarning 28-avgust kuni bolib otgan eng asosiy voqealari bilan quyida tanishtiramiz.

Mavzuga doir:

Belarusda har doimgidek bugun tinch norozilik namoyishlari bolib otdi. Odamlar kochalarda birdamlik zanjirlari hosil qildi.

Belarusdagi namoyishlarga birdamlik belgisi sifatida dunyoning turli burchaklaridagi belaruslar ham ozlari yashab turgan joylarida birdamlik aksiyalarini otkazdi.

Shuningdek, bir necha kundan buyon Belarus Fanlar akademiyasi xodimlari ham norozilik namoyishlarida ishtirok etmoqda. Bugun ham ularning ayrimlari kochaga chiqdi.

Minskdagi Kupalovskiy teatri xodimlari norozilik namoyishlarida qatnashgani uchun ishdan boshatilgan edi. Ular esa bunga javoban har kuni teatr binosi oldida har kuni 12:00 dan 12:40 gacha turli tomoshalarni korsatmoqda. Odamlar esa ularni qollab-quvvatlash maqsadida teatr yoniga keldi.

Bugun ham aktyorlar teatr binosi oldida navbatdagi tomoshalarini qoydi.

Shuningdek, bugun Belarus muxolifati lideri Svetlana Tixanovskaya yaqinlashib kelayotgan Bilimlar kuni munosabati bilan mamlakatdagi oqituvchilarga tabrik yolladi.

UItaliyaning Sky TG24 nashriga bergan intervyusida Belarusda bolayotgan voqealar mamlakatning ichki ishi ekanini, qolganlarni uning suverenitetitni hurmat qilishi lozimligni takidladi.

Shuningdek, rasmiy hukumat bilan muloqot uchun Rossiya yordami kerak bolishini ham qoshimcha qildiu.

Biz bilamizki, Rossiya, boshqa mamlakatlarda bolgani kabi, bizning mamlakatimizda ham muayyan rol oynaydi, ammo biz oz suverenitetimizni hurmat qilishini soraymiz. Belarusda yuz berayotgan hodisalar uning ichki ishi bolib qolishi kerak. Agar bir kun kelib biz rasmiylar bilan muzokara qilish uchun tashqi vositachilarga muhtoj bolsak, Rossiyaning yordami ham mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

Svetlana Tixanovskaya

Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya 24 kanaliga bergan intervyusida zarur bolib qolsa, Belarusga yuborish uchun maxsus guruh tuzilganini malum qilgan edi.

Bugun esa Belarus prezidenti ALeksandr Lukashenko mamlakat garbida taranglik yuzaga keladigan bolsa, Minsk Moskva bilan hamkorlikda harbiy amaliyotlarga kirishi mumkinligini aytib otdi.

Bizda kelishuv bor. Unga aytyapman, nima qilishni oylab koraylik. U aytyapti: biz ularning nima xohlayotganlarini bilamiz. Putin ham bunday vaziyatlarning bir nechtasidan otgan. Chechen urushi. U chegarada nima bolayotganini biladi. Biz u bilan kelishib oldik va birga bu muammoni yechamiz.

Aleksandr Lukashenko

Uning takidlashicha, Rossiya bu bilan nafaqat Belarusni qutqaradi, balki bu aynan Rossiyaga nisbatan xavfdir.

Lukashenko Putinning Belarus uchun tayyorlangan guruh haqidagi sozlariga ham etibor qaratdi.

Kecha bizning qoshnimiz va mening yaxshi dostimning gaplarini eshitdingiz. Bu ruslar Belarusni himoya qilmoqchi bolgani uchun emas. Eshiting, biz ozimizni ozimiz himoya qilamiz. Ammo Rossiya prezidenti va men bolinsak nima bolishini bilamiz, dedi Lukashenko.

Uning fikricha, Garb uchun Belarus Rossiya yolidagi tramplin vazifasini otaydi.

Bugun Minskda Aleksandr Lukashenko foydasiga veloyurish amalga oshirildi. Unda yuqori martabali rasmiylar ham ishtirok etdi.

Kechga yaqin Minskdagi Mustaqillik maydonida joylashgan Qizil cherkov binosi oldida ayollarning navbatdagi birdamlik zanjiri hosil qilindi. Bunday zanjirlar kecha ham otkazilgandi. Bunga sabab esa bir kun oldin Belarus kuch ishlatar tizimlarining cherkov eshiklarini yopib qoyishi boldi.

Belarusda namoyishlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-08-2020, 22:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -