» » Belarusda nima gap? 26-avgustning asosiy voqealari

Belarusda nima gap? 26-avgustning asosiy voqealari


Belarusda 9-avgust kuni o‘tkazilgan prezident saylovi natijasidan keyin kelib chiqqan namoyishlar hamon davom etmoqda. Quyida 26-avgustning asosiy voqealarini sanab o‘tamiz.

Mavzuga doir:

25-avgust kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlardan so‘ng bugun erta tongdan Belarus ko‘chalari birmuncha sokin bo‘ldi. Ammo, shunga qaramay, Minskning bir qator tumanlarida birdamlik zanjirlari hosil qilindi. Ularda Fanlar akademiyasi a’zolarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan edi.

Shuningdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ham Belarus xalqiga birdamlik aksiyasi o‘tkazildi.

BelAZ zavodi ishchilari ham bugun o‘ziga xos yurishni amalga oshirdi.

25-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Mustaqillik kuni namoyishlari chog‘ida 51 kishi hibsga olingani xabar qilindi. IIV ma’lumotiga ko‘ra, namoyishlarda 4 800 ga yaqin kishi qatnashdi.

Shuningdek, kecha Grodno shahridagi “Grodno Azot” zavodi ishchilarining ham bir guruhi hibsga olinib, protokol tuzilganidan keyin qo‘yib yuborilgan edi. Bunga javoban zavod ishchilari Belarusning muxolifatchilar tomonidan taqdim qilinayotgan oq-qizil-oq rangli bayrog‘i zavodning ammiak sexlarining biridagi regeneratorning cho‘qqisiga ishchilar tomonidan ilib qo‘yildi.

Belarus rasmiylari esa barcha davlat va nodavlat tashkilotlariga yozma ravishda murojaat qilib, tashkilot binosiga Belarusning amaldagi bayrog‘ini ilib qo‘yishni va barcha faollarga Lukashenko foydasiga mitinglar tashkil qilishni buyurdi.

Belarus faxri, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Svetlana Aleksiyevich tergov qo‘mitasiga so‘roqqa chaqirildi.

Uni hokimiyatni egallashga da’vat etganlik ishi bo‘yicha guvohlikka chaqirishgan ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘roq 40 daqiqa davom etgan va u o‘ziga qarshi ko‘rsatma berishdan bosh tortgan.

Tergov qo‘mitasi idorasi oldiga uni himoya qilish maqsadida odamlar yig‘ilib turgan.

27-avgust kuni mazkur ish yuzasidan Mariya Kolesnikova so‘roq qilinadi. Shu paytgacha ish yuzasidan kengashning uch a’zosi tergovga chaqirilgan edi.

Belarusda namoyishlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют