» » Belarusda nima gap? 24-avgustning asosiy voqealari

Belarusda nima gap? 24-avgustning asosiy voqealari


Bugun Belarusda 9-avgustdan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlarining 16-kuni. Bugun bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar haqida tanishib chiqsak.

Mavzuga doir:

23-avgust bo‘lib o‘tgan keng ko‘lamli namoyishlardan so‘ng bugun, ya’ni 24-avgust kuni vaziyat ancha sokinlashganini ko‘rish mumkin. Shunga qaramay, belaruslar, kam sonli bo‘lsa-da, tinch namoyishlarni davom ettirmoqda. Ular ko‘chalarda birdamlik zanjirini hosil qilmoqda.

Shuningdek, bugun MTZ – Minsk traktor zavodi kirish darvozasi yonida muxolifatning Muvofiqlashtiruvchi kengashining ikki nafar a’zosi – Olga Kovalenko va Sergey Dilevskiylar hibsga olindi.

Ular noqonuniy mitinglarni tashkil etishda ayblanmoqda. Kengashning “Interfaks”ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish ochilgan va jarima qo‘llanilishi mumkin.

Shuningdek, bugun muxolifatning Muvofiqlashtiruvchi kengashining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan presidium a’zosi Pavel Latushko o‘ziga nisbatan xorijdan tahdidlar bo‘layotganini aytib o‘tdi.

“Xorijdan yangidan yangi tahdidlar bo‘lmoqda. Do‘stlarim, yaqinlarim orqali tahdidlar qilgan. Nima qila olardim… Bu har kuni bo‘ladi, internet orqali, Telegram orqali”, dedi Latushko jurnalistlar bilan suhbatda.

Ammo u qaysi davlatlardan tahdid bo‘layotganini ochiqlamagan. Shu bilan birga, tahdidlarning jiddiy ekanini ham ta’kidladi.

Shuningdek, matbuot anjumanida Latushko muxolifatning Rossiya bilan har qanday darajadagi muloqotlarga tayyorligini ma’lum qildi.

Uning fikricha, Rossiyada Belarus muxolifati haqida uchinchi manbalar mavjud emas. “Ana o‘shandagina ma’lumotlar ishonchliligi haqida gapirish mumkin, ammo biz bilan hech kim aloqa bog‘lagani yo‘q”, deya ta’kidladi Latushko.

Matbuot anjumanini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin:

Bugun Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi o’qituvchilar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “mamlakat ideologiyasiga mos bo‘lmagan o‘qituvchilar maktablarda ishlamasligi kerak”.

“Ushbu prinsiplarga amal qiladiganlarga mehribonlik bilan aytamiz: boring, ishlang, ta’lim bering, o‘qiting. Xohlamaydiganlar bo‘lsa, ularning joyi maktabda emas. Buni ochiq-oydin aytish kerak”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “BelTA” nashri.

Belarus ta’lim vazirligi avgust oyida bir necha bor o‘qituvchilarga tahdidlar bo‘layotgani haqida ma’lumot berdi.

Vazirlikning Telegram-kanalida esa o‘qituvchilarga tahdidlar aks etgan suratlar e’lon qilindi.

Bugun Belarus TIV Litva elchisiga mamlakat havo hududining Litva tomonidan buzilgani yuzasidan nota yo‘lladi.

Belarus Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kecha, 23-avgust kuni Litva hududidan davlatga qarshi razmlari bo‘lgan bir nechta havo shari Belarus hududiga 3 kilometr kirib bordi. Vazirlik ma’lumotiga qaraganda, vaziyat qurol ishlatilmasdan hal qilindi.

Shuningdek, bugun Muvofiqlashtiruvchi kengash Belarus prezidentining voyaga yetmagan o‘g‘li Nikolay Lukashenkoning qo‘lidagi qurol yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi.

“Voyaga yetmaganlarning qo‘liga harbiy qurollarning bo‘lishi tegishli organlarni sergak torttirishi kerak va biz bunga e’tibor qaratilishini so‘raymiz”, deya ma’lum qildi prezidium a’zosi Mariya Kolesnikova jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda.

Kuni kecha, 23-avgust kuni o‘tgan ommaviy namoyishlar paytida Nikolay Lukashenko harbiy libosda qo‘lida qurol bilan otasining yonida ko‘rinish bergan videolar tarqalgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют