» » Belarusda nima gap? 23-avgustning asosiy voqealari

Belarusda nima gap? 23-avgustning asosiy voqealari


Belarusda 9-avgustdan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlari doirasida bugun, 23-avgust kuni mamlakat poytaxti va viloyatlarida Yangi Belarus marshi bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzuga doir:

Namoyishchilar mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da yig‘ilishni boshladi. Odamlar Minskdagi Mustaqillik maydoniga qarab bordi.

Odamlar Mustaqillik maydonida to‘plandi. Rasmiylar namoyishchilarga xalaqit berish maqsadida sovet davriga oid musiqalarni ovoz kuchaytirgichlar orqali uzatib turdi.

“Tut.by” va Euroradio nashrlari bergan xabarlarga ko‘ra, Minskda 100 mingdan ortiq odam namoyishga chiqdi.

Belarus mudofaa vazirligi namoyishlar paytida harbiy yodgorliklarga zarar yetadigan bo‘lsa, harbiylar bunga qarab turmasligini ogohlantirdi.

Grodnoda 10 mingdan ortiq kishi to‘plandi.

Mustaqillik maydonidan keyin namoyishchilarning bir guruhi, davlat bayrog‘i turgan monument va Lukashenko qarorgohi tomon harakatlandi. Ammo ularni yo‘lda harbiylar to‘sib qoldi.

Namoyishchilar, shuningdek, “Planeta” mehmonxonasi oldida ham to’plandi. Taxminlarga ko‘ra, 50-70 ming odam shu tomonda to‘plandi.

Belarusda namoyishlar davom etmoqda. Namoyishchilar strategik obyektlarni o‘rab turgan harbiylarga yaqinlashmaslik haqida ogohlantirilmoqda va Mustaqllik maydoniga qaytishlari so‘ralmoqda. Bu haqda Nexta Live Telegram-kanali xabar qoldirdi.

Belarusda namoyishlar davom etar ekan, bugun mamlakat tashqarisidagi siyosiy doiralarda ham qizg‘in muhokmalar davom etmoqda. Jumladan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Belarus muxolifatini “Venesuela ssenariysi” bo‘yicha harakat qilayotganlikda ayblab chiqdi.

“Ular faqatgina Belarus prezidentining iste’fosini muhokama qilish sharti bilangina muloqotga rozi bo‘lmoqda. Shuningdek, o‘zlarining dasturlarini ham ilgari surish taklifini ham bermoqda. Bu xuddi Venesueladagi voqealar bilan bir xil”, deya fikr bildirdi Lavrov “Ma’nolar hududi” yoshlar forumidagi ma’ruzasi davomida.

Shuningdek, bugun Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar bo‘yicha vakili Jozef Borrel Ittifoq Lukashenkoni legitim rahbar sifatida tan olmasa ham u bilan ishlashda davom etishga majburligini ta’kidladi.

“Biz uni xuddi Maduroni legitim deb tan olmaganimizdek legitim deb tan olmaymiz. Bu jihatdan qaraganda ularning ikkalasi ham bir xil vaziyatda turibdi. Ular hokimiyatni qonuniy  qo‘lga kiritgan deb hisoblamaymiz. Lekin bu bizga yoqadimi yo‘qmi, ular vaziyatni nazorat qilmoqda va biz ishlashda davom etishga majburmiz”, dedi vakil.

Shuningdek, Lukashenko o‘z saroyiga vertolyotda uchib kelgani aks etgan video shov-shuvga sabab bo‘ldi. Lukashenko bronejiletda, qurolli yurishi vaziyat jiddiyligini ko‘rsatmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют