» » Belarusda nima gap? 21-avgustning asosiy voqealari

Belarusda nima gap? 21-avgustning asosiy voqealari


9-avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijasida boshlangan norozilik namoyishlari ilk haftadagidan ko‘ra ancha sokinlashib qoldi. Namoyishlar ilk kunlardagidek ommaviy tus olmayapti. Ish tashlashlar ham sokinlashib qoldi. Shunday sharoitda o‘tgan voqealarning 13-kunidagi asosiy voqealar tahliliga o‘tsak.

Mavzuga doir:

Bugun Belarus prezidenti muxolifi bo‘lgan Svetlana Tixanovskayaning yordamchisi Mariya Kolesnikova Belarus xalqiga videomurojaatini yo‘lladi.

Avvalroq Svetlana Tixanovskayaning o‘zi ham videomurojaat yo‘llab, Belarusdagi ishchilarni ish tashlashda davom etishga chaqirgan edi.

Shuningdek, bugun Svetlana Tixanovskaya o‘zining Litvaga chiqib ketganidan buyon ilk matbuot anjumanini o‘tkazdi. Matbuot anjumanida u mamlakatga qaytishini bildirdi:

“Men vatanimni juda qattiq sevaman va u yerga qaytishni juda xohlayman. Men u yerga o‘zimni xavfsiz his qilgan taqdirdagina qaytishim mumkin”, deb aytib o‘tdi u anjuman davomida.

Shuningdek, u mamlakatdan chiqib ketishi oldidan qanday tahdidlarga uchragani haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortdi va buni muhokama qilishni istamasligini bildirdi.

“Mening yurtdan chiqib ketishim oldidan nimalarga to‘qnashganimni va menga qanday tahdidlar bo‘lganini muhokama qilishni xohlamayman. Moskva men bilan bog‘lanmagan”.

Matbuot anjumanining to‘liq shaklini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

20-avgust kuni Belarus prokuraturasi muxolifatning Muvofiqlashtiruvchi kengashiga nisbatan “hokimiyatni egallash” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgani haqida xabar bergan edi. Ushbu ish doirasida bugun kengashning uch nafar a’zosi – yurist Maksim Znak, sobiq diplomat Pavel Latushko va MTZ ish tashlash qo‘mitasi raisi Sergey Dilevskiylar so‘roq qilishga chaqirildi.

Tergov idorasiga olib boradigan yo‘llar odamlardan tozalandi.

Tergovdan chiqqan Maksim Znak barcha savollarga javob berganini, suhbat konstruktiv o‘tganini aytdi.

Sergey Dilevskiy esa ish tashlashda qatnashganlarga yordam ko’rsatilishi haqida uni qo‘llab-quvvatlashga kelganlarga ma’lumot berdi.

Shuningdek, bugun Belarusning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko Fanipole shahridagi Dzerjinskiy kombinatiga tashrif buyurdi.

“BelTA” nashrining yozishicha, unga bu yerda ish tashlashlar bo‘lmayotgani haqida ma’lumot berishgan va shundan keyin u kombinatga borishga qaror qilgan ekan.

Tashrif davomida Lukashenko mamlakatdagi vaziyat uning “muammosi” ekanini va uni tez orada “hal qilishini” aytdi.

Tashrif davomida prezident, shuningdek, Belarus teleradiokompaniyasi xodimlarining ish tashlashi haqida ham fikr bildirdi va ular o‘rniga Rossiyada mutaxassislari jalb qilganini aytdi.

“Rossiyaliklardan har ehtimolga qarshi ikki-uchta jurnalistlar guruhi yuborishlarini so‘radim. Bu 6-9 odam degani”.

U buning uchun ularga pul to‘lamasligini qo‘shimcha qildi.

Bugun KGB hibsga olgan “Belaruskaliy” zavodi ishchisi Dmitriy Kudelevich qochib, Ukrainaga o‘tib ketganini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u KGB idorasidan hojatxonaga chiqib kelish bahonasi bilan chiqib, u yerdagi ochiq turgan deraza oynasidan qochib ketishga muvaffaq bo‘libdi.

U Ukrainadan turib videomurojaat yo‘lladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют