» » Belarusda nima gap? 19-avgustning asosiy voqealari

Belarusda nima gap? 19-avgustning asosiy voqealari


Belarusda 9-avgustda boshlangan norozilik namoyishlari va ish tashlashlar bugun ham davom etmoqda. Quyida bugun sodir bo’lgan eng muhim voqealar sharhini havola etamiz.

Mavzuga doir:

Bugun erta tongdan Minsk traktor zavodi ishchilari ish tashlash o‘tkazish uchun yig‘ildi. Ammo OMONchilar ularni tarqatib yuborishga harakat qildi. Bir nechta kishi hibsga olindi. Bu Belarusdagi tinch namoyishlarni bostirishda bundan buyog‘iga kuch ishlatilishini anglatadi.

Shuningdek, muxolifatdagi Svetlana Tixanovskaya Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlariga videomurojaat yo‘lladi. U o‘z murojaatida Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaslikka chaqirdi.

Hurmatli Yevropa yetakchilari.

Mening xalqim ikki haftadan buyon o‘z rahbarlarini tanlash bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlari uchun tinch kurashmoqda. 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan saylov haqqoniy ham, shaffof ham bo‘lmadi. Natijalar soxtalashtirildi. O‘z ovozlarini himoya qilish uchun Belarus bo‘ylab shahar ko‘chalariga chiqqan odamlar shafqatsizlarcha kaltaklandi, hibsga olindi, hokimiyatga qattiq tirmashgan tuzum tomonidan qiynoqqa solindi. Bu ayni damda Yevropa markazida yuz bermoqda.

Men barchangizdan bu soxtalashtirilgan saylovni tan olmaslikni so‘rayman. Lukashenko xalqimiz va butun dunyo oldida har qanday legitimlikni yo‘qotdi. Hukumat transferini amalga oshirish maqsadida Belarusda muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish tashabbusi bilan chiqdim.

U hokimiyatni tinch yo‘l bilan muloqot orqali topshirish jarayoniga bosh bo‘ladi. U zudlik bilan xalqaro kuzatuvchilar ishtirokidagi yangi, adolatli va demokratik prezidentlik saylovini e’lon qiladi.

Hurmatli Yevropa davlatlari rahbarlari, sizlarni Belarusning harakatini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Belarus Respublikasi suvereniteti va Belarus xalqi tanlovini hurmat qilishga chaqiraman.

Svetlana Tixanovskaya.

Yana bir qiziq tafsilot. Belteleradiokompaniya ishchisi ishga qo‘yilmagan ishchilar o‘rnida rossiyalik mutaxassislar ishlayotganini aytib o‘tdi.

Shuningdek, hokimiyatni tinch yo‘l bilan almashtirish bo‘yicha muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi prezidiumi tashkil etildi. Unga 19 kishi kiritildi.

Bular orasida Nobel mukofoti laureati, yozuvchi Svetlana Aleksiyevich, diplomat, sobiq madaniyat vaziri Pavel Latushko, advokatlar Liliya Vlasova va Maksim Znak, Minsk Traktor zavodi ish tashlash komissiyasining vakili Sergey Dilevskiy, ro‘yxatdan o‘tmagan Belarus xristian-demokratik partiyasining hamraisi Olga Kovalkova va Svetlana Tixanovskayaning hamkori Mariya Kolesnikovalar bor.

Shuningdek, bugun Aleksandr Lukashenko xavfsizlik kengashi majlisini o‘tkazdi. Majlisda ish tashlashlarda qatnashmayotgan ishchilarga minnatdorlik bildirdi.

Lukashenko IIVga mamlakatda, ayniqsa Minskda boshqa tartibsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berdi. Bundan tashqari, boshqa davlatlar hududidan jangchilar, qurol-yarog‘ va namoyishlarni moliyalashtirish uchun pul kirib kelishining oldini olish maqsadida Belarus chegaralarini mustahkamlashni ham ta’kidladi.

Bugun Yevropa Ittifoqi davlat rahbarlari navbatdan tashqari sammitda yig‘ildi hamda Belarus muammosini muhokama qildi. Unda quyidagi qarorlar qabul qilindi:

European Council President Charles Michel @eucopresident says EU will impose sanctions on those in power in #Belarus responsible for "shocking & unacceptable" scenes of violence around the flawed elections. No further details of sanctions given so far.

— Nick Beake (@Beaking_News) August 19, 2020

Shuningdek, namoyish qurbonlari soni bugun yana bir kishiga ko‘paydi. 11-avgust kungi namoyishlarda politsiya tomonidan yaralangan Brest shahri fuqarosi Konstantin Shishmakov olgan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etdi. Militsiya dastlab, Brestda o‘q uzilganini tan olgan, ammo keyinchalik xabar o‘zgartirilgan edi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kreml Belarusdagi voqealarga ushbu mamlakatning ichki ishlari sifatida qarashini aytib o‘tdi.

Belarus bizga ittifoqdosh va qardosh davlatdir. Belarus xalqi – bizning qardosh xalqimiz. Biz Belarusda sodir bo‘layotgan barcha narsaga ushbu mamlakatning ichki ishi sifatida qaraymiz... Hozirgi vaziyatda eng muhimi tashqaridan hech qanday aralashuv bo‘lmasligidir. Biz bunday to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvga urinishlar bo‘layotganidan afsusdamiz. Biz o‘zimiz bunday aralashishni nomaqbul deb hisoblaymiz.

Jurnalistlarning aynan qanday aralashuv bo‘layotgani haqidagi savoliga Peskov quyidagicha javob berdi:

Men hozir aytmoqchi bo‘lganim hamma narsani aytdim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 14) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют