» » Minsk markazida oq kiyimdagi ayollar namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun zanjir hosil qildi (foto)

Minsk markazida oq kiyimdagi ayollar namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun zanjir hosil qildi (foto)


Belarus poytaxti Minsk shahri markazida 12-avgust kuni taxminan 200 nafar oq kiyimdagi ayol gullar tutgan holda jonli zanjir hosil qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Bu aksiya kuch tuzilmalaridan jabr ko‘rgan namoyishchilarga birdamlik ramzi sifatida o‘tkazildi.

Belarusda uch kundan buyon Aleksandr Lukashenkoga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Militsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, suv zambaraklari, yorug‘lik va tovushli granatalar hamda tayoqlar qo‘llagan holda namoyishchilarni ommaviy ravishda qo‘lga olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют