» » Belarusda nima gap? 25-avgustning asosiy voqealari

Belarusda nima gap? 25-avgustning asosiy voqealari


Mana uch haftadirki Belarusda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun namoyishlarning 17-kuni. Bugungi asosiy voqealar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Mavzuga doir:

Bugun erta tongdan Minsk ko‘chalari namoyishchilar bilan to‘la bo‘ldi. Bu safar namoyishchilar ta’lim tizimida faoiliyat olib borayotgan halol o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlab namoyishga chiqdilar. Ko‘chalarda birdamlik zanjirlari hosil qilindi. Namoyishchilar Ta’lim vazirligi binosi oldiga to‘plandi.

Vazirlik binosi oldiga kuch ishlatar tizim xodimlari va harbiy texnika joylashtirildi.

Namoyishlar boshlanganidan buyon Belarus fanlar akademiyasining olimlari namoyishchilarga xayrixohliklarini bildirib kelayotgan edi. Bugun akademiya ma’muriyatiga namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagan xodimlarni ishdan bo‘shatish haqida ko‘rsatma keldi.

Bunga javoban odamlar akademiya xodimlarini qo‘llab-quvvatlab birdamlik zanjirlarini tashkil qildi. Namoyishchilar akademiya prezidiumi binosi oldida miting tashkil qildi. Politsiya ularni tarqalishga chaqirdi.

Shuningdek, bugun muxolifatning Muvofiqlashtiruvchi kengashining ikki a’zosi – MTZ ish tashlash qo‘mitasi raisi Sergey Dilevskiy hamda Olga Kovalkovalar 10 kunlik qamoq jazosiga hukm qilindi. Ular kecha hibsga olingan edi. Ularga ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarish aybi qo‘yilgan edi.

Kecha Muvofiqlashtiruvchi kengash ishi yuzasidan uning yana ikki a’zosi Pavel Latushko va Nobel mukofoti laureati Svetlana Aleksiyevich ham so‘roqqa chaqirildi.

Bugun esa Pavel Latushko guvoh sifatida so‘roqqa tutildi va jarayon 3,5 soat davom etdi.

Uning jarayon haqidagi fikrlarini ushbu video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Belarusning muxolifatdagi prezidenti deb ko‘rilayotgan Svetlana Tixanovskaya Yevroparlamentda masofadan turib nutq so‘zladi.

“Belarusda tinch inqilob bo‘lib o‘tmoqda. U tabiati jihatidan geosiyosiy xarakterga ega emas. Inqilob na rossiyaparast, na unga qarshi qaratilgan. Shuningdek, u yevropaparast ham, unga qarshi ham emas. Bu demokratik inqilob. Bu xalqning o‘z yetakchilarini erkin tanlash va o‘z taqdirini belgilash uchun olib borayotgan kurashi”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Meduza nashri.

Uning murojaati “RBK” telekanali tomonidan translyatsiya qilindi.

Bugun u belaruslarga o‘zining navbatdagi videomurojaatini yo‘lladi. Bu galgi murojaat Belarus respublikasining mustaqillik kuni munosabati bilan amalga oshirildi. O‘z murojaatida Tixanovskaya xalqni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da Mustaqillik maydoniga kelishlarini so‘radi. Belarus 1991-yil 25-dekabr kuni mustaqilligini e’lon qilgan edi.

Kutilganidek, soat 18:00 da odamlar Mustaqillik maydoniga kelishni boshladi.

Yomg’ir yog‘ib turgan bo‘lishiga qaramay, odamlar Mustaqillik maydonida to‘planib turibdi.

Minskdagi Mustaqillik maydonida Mustaqillik kuni munosabati yig‘ilgan namoyishchilarga xalaqit berish maqsadida shahar ma’muriyati ovoz kuchaytirgichlardan g‘alati musiqalarni qo‘yishdi, odamlar esa bunga parvo qilmay xursandchiliklarini davom ettirdi.

Yig‘ilganlar prezident Lukashenkoning hukumatdan ketishini talab qildi.

Пока на площади Независимости собралось около 150 человек

Видео: «Медиазона» pic.twitter.com/LSjM2WVlFy

— Медиазона. Беларусь (@mediazona_by) August 25, 2020

Minglab odamlar qatnashgan miting “Ozodlik” radiosining YouTube kanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

Mustaqillik maydonida Lukashenko muxolifati miting qilayotgan paytda, Komarovsk bozori oldida uning tarafdorlari ham miting tashkil qilishdi va “fashizm g‘alaba qilolmaydi” deya baqirdi.

Belarus mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan miting davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют