» » RPL. “Rostov” safarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “Lokomotiv” amaldagi chempiondan ochko tortib oldi

RPL. “Rostov” safarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “Lokomotiv” amaldagi chempiondan ochko tortib oldi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 6-turidan o‘rin olgan bahslar 30-avgust, yakshanba kuni yakunlandi.

“Rostov” jamoasi safarda “Krasnodar”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi hujumlarga boy bo‘ldi, biroq darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga yaqin Eldor Shomurodov qulay vaziyatga chiqib ketayotgan vaqtda mezbonlar futbolchisi tomonidan qo‘pollik bilan to‘xtatib qolindi. Natijada belgilangan jarima zarbasini Matias Normann qoyilmaqom ijro etib hisobni ochdi.

Oradan ko‘p o‘tmay Markus Berg krasnodarliklarning kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. Qolgan vaqt mezbonlarning kuchli bosimi ostida o‘tdi, biroq o‘yin hisobi o‘zgarmadi.

Shu tariqa joriy mavsumda ilk bor durang qayd etgan “Rostov” 10 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi. “Krasnodar” (8) esa 9-pog‘onadan joy oldi.

Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi o‘z uyida amaldagi chempion “Zenit”ni qabul qildi. Uchrashuvda nursiz durang qayd etildi. “Temiryo‘lchilar” qaydnomasidan ilk bor o‘rin olgan Jasur Jaloliddinov ushbu bahsda zaxirada qoldi.

RPL

6-tur bahslari

30-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 – 64 Normann, 1:1 – 72 Berg.

“Krasnodar”: Safonov, Ramires, Martinovich, Petrov, Pantaleao, Olsson, Klasson (Suleymanov, 80), Vilena (Kabella, 66), Gazinskiy (Utkin, 59), Vanderson, Berg.

“Rostov”: Pesyakov, Osipenko, Kozlov, Chernov, Hajikadunich, Hashimoto (Glebov, 74), Yeremenko (Logashov, 85), Bayramyan (Poloz, 63), Normann, Ionov (Dolgov, 74), Shomurodov (Toshevski, 85).

Ogohlantirishlar: Petrov (27), Yeremenko (28), Martinovich (63), Toshevski (90).

Gollar: 0:1 – 43 N`Ji, 1:1 – 59 Jamaletdinov.

Gollar: 0:1 – 11 Kuchayev, 0:2 – 88 Bistrovich, 0:3 – 90 Vlashich.

Gollar: 0:1 – 15 Karapetyan, 1:1 – 45 Despotovich, 1:2 – 84 Karasev, 2:2 – 90 Despotovich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 00:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют