» » Xorazmda “bola puli” tayinlash evaziga 400 ming so‘m talab qilgan mahalla raisi qo‘lga olindi

Xorazmda “bola puli” tayinlash evaziga 400 ming so‘m talab qilgan mahalla raisi qo‘lga olindi


Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi mahalla raislaridan biri fuqaroning ikki yoshga to‘lmagan farzandiga nafaqa tayinlash uchun 400 ming so‘m pora talab qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Gurlan tumanidagi mahallalarning birida raislik qiluvchi 58 yoshli N.A. MFYga murojaat qilib, ikki yoshga to‘lmagan farzandiga nafaqa tayinlanishini so‘ragan A.B.ga ishini bitkazish uchun 400 ming so‘m berishi lozimligini aytgan.

Fuqaro o‘zi moddiy yordamga muhtojligini aytib, raisdan yordam so‘ragan. Rais esa xizmati narxini belgilab, ishi bitishi uchun talabni bajarishiga to‘g‘ri kelishini bildirgan.

Fuqaroning ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda MFYning 58 yoshli oqsoqoli talab qilingan pulning 350 ming so‘mini pora tariqasida olayotgan paytida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Toyloq tumanida fermer xo‘jaligi mavjud bo‘lgan MFY raislari Prezident tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarga berilgan 1 million so‘mlik yordam pulini oylik ish haqi so‘ramaslik talabi bilan fermer xo‘jaligida ishlovchi ishchilariga bergani, Urgut tumanidagi MFY raislaridan biri esa 1 million so‘m yordam pulidan 100 ming so‘mdan ushlab qolgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют