» » Toshkentdagi yerusti halqa metrosi faoliyati — suratlarda

Toshkentdagi yerusti halqa metrosi faoliyati — suratlarda


Avval xabar berilganidek, 29-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yerusti halqa metrosining birinchi bosqichining ishga tushish jarayoni bilan tanishish uchun tashrif buyurib, jamoatchilik vakillari bilan birga poyezdda yurgan edi.

30-avgust kuni yerusti metrosining “Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan yo‘nalishi ilk yo‘lovchilarni qabul qildi. “Daryo” muxbiri ham ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tashkil etilgan press-tur doirasida ushbu yangi maskan faoliyati bilan tanishdi.

Yangi yerusti metrosining mavjud “Do‘stlik” bekati bilan bog‘lanishi yo‘lovchilar hech qanday to‘lovlarsiz almashishadi. Ya’ni mavjud metro bekatlaridan kelgandan so‘ng hech qanday to‘siq va turniketlarsiz yangi metro vagonlariga o‘tib olishadi. Rossiyadan 5 ta tarkib vagoni olib kelingan bo‘lib, ularning 4 tasi (4 ta vagondan iborat) 12 daqiqa oralig‘i bilan harakatga qo‘yilgan. Bitta tarkib doimiy ravishda zaxira vazifasini bajaradi. Chunki texnik tarafdan tarkiblarimiz 100 kilometr masofani o‘tib bo‘lganidan so‘ng ko‘rikdan o‘tayotganda zaxiradagi tarkib ishga chiqadi. Vagonlar birinchi kun harakatlanayotgani sababli yo‘llarimiz sinovdan o‘tganidan keyin vaqtni yanada qisqartirib, qo‘shimcha vagonlar qo‘shishni reja qilganmiz. Jami masofa 11,5 kilometr bo‘lib, 2 ta yo‘ldan harakatlanadi.

Harakat xavfsizligi ta’minlangan, temir-beton konstruksiyalardan qilingan loyiha zilzilabardoshli, loyihalash institutlari tomonidan Toshkent shahrining seysmik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib 9 balli zilzilaga moslab tayyorlangan, Qurilish vazirligi qoshidagi ekspertizadan o‘tgan. Relslar orasiga kontrburchaklar qo‘yilgan. Mashinistlar har bir bekatda o‘rnatilgan tezlikda yuradi. Birinchi bosqichda 300 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalish kuniga 40 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Azizbek Abdiyev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari

Bekatlar o‘ziga xos dizaynda qurilgan. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yo‘l haqini elektron to‘lash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan.

Yerusti halqa metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million dollardan ziyod bo‘lib, beshta bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Keyingi, ya’ni ikkinchi bosqichda Qo‘yliq bozori bilan Toshkent yerosti metrosining “Olmazor” bekati bog‘lanadi. Uchinchi bo‘lib “Beruniy”, undan keyin “Bodomzor” bekatigacha bo‘lgan qism quriladi. So‘nggi bosqichda esa halqa metro liniyasi yana “Do‘stlik” bekatiga ulanadi. Bu yo‘llarning jami uzunligi qariyb 55 kilometr, bekatlar soni 35 ta bo‘ladi.

Mavzuga doir: Toshkentdagi Do‘stlik–Qo‘yliq metro liniyasi qurib bitkazildi (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют