» » Ishga tushirilishi bilan 124 nafar yangi ish o‘rni yaratilgan Yunusobod yo‘nalishining yangi bekatlari (foto)

Ishga tushirilishi bilan 124 nafar yangi ish o‘rni yaratilgan Yunusobod yo‘nalishining yangi bekatlari (foto)


Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishidagi yangi “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari ishga tushishi bilan yangi 124 ta ish o‘rni yaratilgan. Bu haqda metropolitenning qurilish bo‘yicha muovini Soyib Turobov ommaviy axborot vositalari uchun tashkil etilgan press-tur davomida ma’lum qilgan.

Loyihada qariyb 3 kilometr metro yo‘li hamda “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari barpo etilgan bo‘lib, u “Shahriston” bekatiga ulangan. Metro bekatlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan xomashyo asosida bezatilgan. Tunnelning yopiq qismida Germaniyadan keltirilgan yangi burg‘ulash texnologiyasi qo‘llanilgan. Eski texnologiyalarimiz ochiq usulda ishlagan. Ayni paytdagi yangi texnologiya yopiq usulda, yer ostida tepa qismi ochilmagan holda ishlaydi.

Soyib Turobov, “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi qurilish bo‘yicha muovini.

2001-yilda qurilishi boshlanib to‘xtatilgan loyiha 1990-yillarda “Mingo‘rik”, “Bodomzor”, “Shahriston” bekatlari qurilgach, 200 metr masofadan so‘ng yerusti suvlari baland bo‘lgani sababli eski texnologiyalarning kuchi yetmasligi natijasida qurilish to‘xtatilgan. Biroq metro yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 7-noyabrdagi qaroriga muvofiq 2017-yilning yanvar oyida boshlangan edi. Germaniyadan xarid qilingan yangi uskuna yerosti suvlariga bardoshli sanalib, suvli joydan temir-beton tyubing qo‘yish orqali o‘tilgan.

Mavzuga doir: Toshkent metropoliteni — bekatlarining nomi juda ko‘p o‘zgargan yerosti saroyi

“Betonlar O‘zbekistonning o‘zida maxsus tashkilotda quyiladi, bu yerga olib kelinadi”,— deydi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Davron Hidoyatov.

Ta’kidlanishicha, yerosti binosining 1 kilometr qismiga qo‘shimcha mablag‘lar bilan qo‘shib hisoblaganda jami 25 milliard so‘m sarflangan. “Yunusobod” bekati “Turkiston” bekatiga nisbatan qurilishi va bezak berish uchun ishlatilgan materiallar rangi, ko‘rinishi hamda dizayni bo‘yicha biroz farq qiladi. Ikki bekat ko‘rinishi va fasadi bir-birini takrorlamaydi. “Yunusobod” bekatining ichki qismi hamda 100 metrli perron o‘ziga xos qiya shaklida bunyod etilgan. Perron o‘rtasida bir qatorli naqshinkor ustunlar bunyod etilgan.

Bekatlarning har bir hududi to‘liq kuzatuv va xavfsizlik kameralari, konditsionerlar, havo ventilyatorlari va tovush chiqaruvchi texnikalar bilan jihozlangan. Bekatlarga kirish va chiqish hududlarida yo‘nalish belgilari o‘rnatilgan.

Imkoniyati cheklangan, ko‘zi ojiz yo‘lovchilar uchun bekatlar platformasida maxsus bo‘rtib chiqqan taktil plitkalar yotqizilgan. Shuningdek, bekatlarga tushish va chiqish zinalarida nogironlar aravachasi bilan kirib-chiqishda foydalaniladigan zamonaviy qiyali elektromobil aravachalar o‘rnatilgan.

Bir kunda “Yunusobod” bekatida qo‘shimcha 5 ming yo‘lovchiga, “Turkiston” bekatida esa 2,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 29-avgust kuni  Shavkat Mirziyoyev davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari hamrohligida Toshkent shahridagi bunyodkorlik bilan tanishish doirasida birinchi bo‘lib aynan Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishiga tashrif buyurgan edi. Avvalroq Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan Do‘stlik—Qo‘yliq metro liniyasi qurib bitkazilgani haqida xabar berilgandi. Eslatib o‘tamiz, “Yunusobod” yo‘lining ikkinchi bosqichi hamda yerusti halqa metro yo‘lining birinchi bosqichini 2020-yil martida foydalanishga topshirish rejalashtirilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют