» » “Barselona” Messi klubda ko‘rinish bermagan har bir kun uchun futbolchining maoshini qisqartiradi

“Barselona” Messi klubda ko‘rinish bermagan har bir kun uchun futbolchining maoshini qisqartiradi


“Barselona” rahbariyati jamoaning mavsumoldi yig‘inida ishtirok etmayotgan Lionel Messiga nisbatan tartib intizom choralarini qo‘llaydi.

Jurnalist Tankredi Palmerining xabar qilishicha, “Barselona” rahbariyati Messining yig‘inga kelmagan har bir kuni uchun proporsional ravishda futbolchining maoshini qisqartirib boradi. Argentinalik futbolchi katalon klubida kuniga 110 ming yevro ishlab topadi.

Avvalroq Messi koronavirusga test topshirish uchun “Barselona” qarorgohiga kelmagandi. Shuningdek Messi mavsumoldi yig‘inida qatnashmasligi borasida klubni ogohlantirgani aytilgandi. 30-avgust kuni “Barselona” futbolchilari mashg‘ulotlarni boshlashdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tishni boshlagan. Ammo faqatgina Messi “Barselona” bazasida ko‘rinish bermagan.

Mavzuga doir:

Avvalroq “Manchester Siti” Lionel Messi uchun asosiy da’vogar ekani xabar qilingandi. Shuningdek Messining o‘zi ham kelajagini “shaharliklar” bilan qurmoqchi.

Messi 2019/20-yilgi mavsumda “Barselona” safida 44 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 24 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchining katalonlar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют