» » Tramp Sindzo Abeni Yaponiya tarixidagi buyuk bosh vazir deb atadi

Tramp Sindzo Abeni Yaponiya tarixidagi buyuk bosh vazir deb atadi


AQSh rahbari Donald Tramp Sindzo Abe bilan suhbatda uning ishini yuqori baholadi va Yaponiya tarixidagi eng buyuk bosh vazir deb atadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Jadd Dir Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Prezident bosh vazir Abe juda katta ishlarni amalga oshirganini va ayni paytda AQSh va Yaponiya munosabatlari har qachongidan ham yaxshi ekanligini aytdi”, — deb qayd etgan u.

Uning bildirishicha, ikkala siyosatchi ham o‘zlarining “ajoyib do‘stliklari” kelajakda ham davom etishiga umid qilishlarini aytdi.

Sankei Shimbun nashrining yozishicha, Tramp va Abe telefon orqali gaplashgan. Abe, shuningdek, Yaponiya—Amerika munosabatlari mustahkamlangani uchun AQSh prezidentiga minnatdorchilik bildirgan.

Avvalroq 65 yoshli Abe sog‘lig‘i yomonlashgani sabab iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi. Kyodo News’ning xabar berishicha, parlament mamlakatning yangi bosh vazirini 17-sentabrda saylaydi.

Mavzuga doir: Sindzo Abe Yaponiya Ikkinchi jahon urushi dahshatlari yana bir bor qaytarilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют