» » Tramp Yaponiya bosh vazirini saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi va hamkorlik yo‘nalishini belgilab oldi

Tramp Yaponiya bosh vazirini saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi va hamkorlik yo‘nalishini belgilab oldi


AQSh prezidenti Donald Tramp 23-oktabr, dushanba kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abeni umumiy saylovlarda g‘olib chiqqani bilan tabrikladi va u bilan KXDRning raketa-yadro dasturi tufayli unga birgalikda bosim o‘tkazishni kuchaytirish haqida kelishib oldi, deb yozadi “TASS” Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi o‘rinbosariga tayanib.

“Telefon suhbati Amerika tomoni so‘rovi bilan amalga oshdi. Suhbat chog‘ida Tramp bosh vazirni saylovdagi yirik muvaffaqiyati bilan tabrikladi. Bunga javoban Abe saylov kampaniyasi chog‘ida barcha nutqlarida Shimoliy Koreyani o‘z siyosatini o‘zgartirishga majburlash uchun, unga bosimni kuchaytirish ahamiyati haqida gapirganini aytdi. Ikki mamlakat yetakchilari bu yo‘nalishdagi hamkorlik haqida kelishib oldi”, — dedi u.

Tramp va Abe, shuningdek, 5—7-noyabr kunlari kutilayotgan Oq uy rahbarining Tokioga tashrifi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha fikr almashdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют