» » “Barchaning poytaxtda yashashga haqi bor” — Shavkat Mirziyoyev

“Barchaning poytaxtda yashashga haqi bor” — Shavkat Mirziyoyev


Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi orqali “Bodomzor” bekatidan yangi “Turkiston” bekatigacha poyezdda borish vaqtida O‘zbekistonda o‘nlab yillar davomida metroga e’tibor qaratilmaganini ta’kidladi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan tayyorlangan lavhada ma’lum qilindi.

“Toshkent kengaymoqda, korxonalar soni ortyapti, chiqindi gazlari ekologiyaga tobora salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Qancha ko‘p metro qursak, odamlarimiz sog‘lig‘ini shuncha yaxshi saqlaymiz, ularning umrini uzaytiramiz, hayotini yengillashtirib, vaqtni qisqartiramiz. 340 ming aholiga ega Yunusobod tumani markaz bilan bog‘lab turuvchi metroga juda muhtoj edi”, — deydi Prezident.

“‘Propiska’ degan baloni yo‘q qildik. Qoraqalpog‘istonda yashaydimi, Surxondaryoda yashaydimi, hammaning poytaxtda yashashga haqi bor”, — deya ta’kidlaydi Shavkat Mirziyoyev.

Shahar kengaymoqda, unga yangi tumanlar qo‘shilyapti. Koronavirus pandemiyasi ekologiyaga e’tibor qaratish, toza havoni saqlab qolish zarurligini ko‘rsatib berdi, deya davom etadi davlat rahbari. Metro — eng ekologik toza, xavfsiz va qulay jamoat transporti hisoblanadi.

Prezidentning ta’kidlashicha, oldinlari metro quruvchilari ishlash uchun boshqa davlatlarga ketgan va mutaxassislarni O‘zbekistonga qaytarish hamda ushbu sohani qayta tiklashga to‘g‘ri kelgan.

Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, Yunusobod metro yo‘nalishi yakunlanmay qolgani sabab metropolitenning boshqa yo‘nalishlari zarariga ishlagan.

“O‘zi aslida katta loyiha bo‘lgan, biroq oxirgi 25-26 yilda bu loyiha e’tibor qaratilmagan. Bunga turli sabablar bo‘lgan bo‘lishi mumkin: pul bo‘lmagan, sharoit bo‘lmagan, loyihachi bo‘lmagan. Shu bilan biz metroni sekin-sekin yopishga harakat qildik: jetonlarniyam olib qo‘ydik, talabalarni ham mindirmadik”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

“Endilikda yana bir maqsadimiz bor: metroni Mirzo Ulug‘bek tumani markazidan TTZga qadar yetkazish”, — deydi Prezident.

Eslatib o‘tamiz 29-avgustdan Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ham ishga tushirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют