» » Klaudio Bravo La Ligaga qaytdi

Klaudio Bravo La Ligaga qaytdi


“Manchester Siti” darvozaboni Klaudio Bravo faoliyatini La Ligada davom ettiradigan bo‘ldi.

“Betis” klubi o‘z rasmiy saytida 37 yoshli chililik darvozabon bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, shartnoma 1+1 ko‘rinishida .

Qayd etish joiz, Bravo uchun Ispaniya chempionati begona emas, u avval “Real Sosyedad” va “Barselona” saflarida ham harakat qilgan.

Bravo “Betis”da avgust oyida jamoani qabul qilib olgan vatandoshi Manuel Pellegrini rahbarligida ishlaydi.

Avvalroq Klaudioning MLS’ga o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Bravo Premyer Ligada 4 ta o‘yin o‘tkazdi. “Betis” esa 2019/20 yilgi Ispaniya chempionatini 15-o‘rinda yakunladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют