» » Puli ko‘p bo‘lishiga qaramay oddiy va shinam uylarda yashashni afzal ko‘ruvchi Gollivud yulduzlari (foto)

Puli ko‘p bo‘lishiga qaramay oddiy va shinam uylarda yashashni afzal ko‘ruvchi Gollivud yulduzlari (foto)


Gollivud yulduzlari hududi katta, qimmatbaho uylarda yashaydi degan qarash bor. Aslida esa mashhurlar orasida ham kamtarona hayot kechirishni istaydiganlar yo‘q emas.

Robert Pattinson

“Sumerki” yulduzi 2014-yildan buyon Gollivuddagi boshqa hamkasblaridan farqli o‘laroq ancha arzon va kichik uyda yashaydi. Ikki qavatli, maydoni 180 kvadrat metrli uyni 2,2 million dollarga xarid qilgan. Uyda ikkita yotoqxona, boloxona va orqa hovlida basseyn bor.

Jennifer Lourens

2016-yilda Jennifer Nyu-Yorkdan 15,45 million dollarga pentxaus xarid qilgan. Ammo bunga qadar u uncha katta bo‘lmagan, ixcham oshxona va past shiftli standart uyda yashagan.

Elayja Vud

“Uzuklar hukmdori” filmida Frodo Beggins rolini ijro qilgan aktyor 2013-yilga qadar Texasdagi go‘zal ammo uncha katta bo‘lmagan viktorian uslubidagi uyda yashagan. Baland shiftli, go‘zal manzarani ko‘rish mumkin bo‘lgan derazali mazkur uy narxi sotuvga qo‘yilganidan keyin ancha qimmatlashgan.

Zoi Deshanel

Aktrisa 2009-yilda Gollivuddan 2,2 million dollarga uy xarid qilgan, ammo oradan 6 yil o‘tib sotib yuborgan. Yog‘och shiftli, eshiklari fransuz uslubidagi, bog‘ va oltita yotoqxonasi bo‘lgan ushbu uyga nazar tashlab bu yerda mashhur inson yashashini taxmin qilish qiyin.

Melissa Makkarti

“Oskar” mukofotiga ikki marta nomzodi qo‘yilgan aktrisa 2009-yildan 2017-yilga qadar Los-Anjelesdan 780 dollarga xarid qilgan oddiy uyda yashagan. 1939-yilda qurilgan, keyinchalik yaxshilab ta’mirlangan mazkur uy uchun Melissa oyiga 10 ming dollar to‘lagan.

Kira Naytli

Aktrisa turmush o‘rtog‘i Jeyms Rayton va ikki qizi bilan Londonda yashaydi. 2014-yilda ular Kenterberi tumanidan uch qavatli, beshta yotoqxonasi va yerto‘lasi bor, devorlari yorqin ko‘k va siyohrangga bo‘yalgan uy sotib oldi.

Emi Shumer

Emi 2015-yilga qadar Nyu-Yorkdagi oddiy, yotoqxonasi bitta, alohida oshxonasi ham bo‘lmagan uyini keyinchalik sotib yuborgan. U ayni vaqtda 12 million dollarlik pentxausda turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan yashaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют