» » Lola Karimova-Tillayeva Gollivuddagi uchta uyini sotuvga qo‘ydi (foto)

Lola Karimova-Tillayeva Gollivuddagi uchta uyini sotuvga qo‘ydi (foto)


Lola Karimova-Tillayeva hamda uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayev bundan olti yil oldin sotib olgan Gollivuddagi uchta uyini sotuvga qo‘ydi. Uylar narxi 6-6,5 million dollar oralig‘ida, deb xabar beradi Dirt nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sotuvga qo‘yilgan uylar Los-Anjelesdagi Gollivud Hillzda joylashgan. 2014-yilda ushbu uylarning umumiy qiymati 16,1 million dollarga teng bo‘lgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, er-xotin ushbu uylarda hech qachon yashamagan. Binolar so‘nggi yillarda ijaraga berilgan.

Uylar orasida eng qimmati NFL sobiq yulduzi Reji Bush hamda uning suyuklisi Kim Kardashyanga tegishli bo‘lgan uch qavatli villa hisoblanadi. Ular mazkur uyda 2007—2014-yillar oralig‘ida yashagan. Uyda lift, kinoteatr, basseyn va spa mavjud. Bundan tashqari, uy u yerdan turib shaharni va yaqin atrofdagi tepaliklarni ko‘rish mumkinligi bilan qimmatli. Villa qariyb 6,5 million dollarga baholanmoqda.

Karimova-Tillayevaga tegishli ikkinchi villa Marokash uslubida qurilgan. Uyda 1200 shishaga mo‘ljallangan sharob yerto‘lasi, yopiq hovli va grekcha uslubda jihozlangan vanna mavjud. U 6,4 million dollar narxda sotuvga qo‘yilgan.

Uylar ichidagi eng arzoni 6 million dollarga baholangan. Uning orqa hovlisida basseyn, barbekyu maydonchasi va kamin mavjud.

Mavzuga doir: Gulnora Karimovaning Fransiyadagi 10 mln dollar aktivi O‘zbekistonga qaytarildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют