» » Lola Karimova-Tillayeva va uning eri Temur Tillayev “Abu Saxiy” bozorini sotdi

Lola Karimova-Tillayeva va uning eri Temur Tillayev “Abu Saxiy” bozorini sotdi


Islom Karimovning kichik qizi Lola Karimova-Tillayeva “Abu Saxiy” bozorini sotib yubordi. Bu haqda, Reuters manbalariga asoslanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

O‘tgan yil dekabrida “Abu Saxiy”ning nomi “Toshkent Ipak yo‘li” bozoriga almashtirilgan edi. Bu Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda iqtisodiy islohotlar o‘tkazish sa’y-harakatlarining muhim bosqichi bo‘ldi.

Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Temur Tillayev bozorga egalik qilishlari hamda u bilan bog‘liq logistik kompaniyalarni nazorat qilishlari haqida hech qachon ochiq gapirmagan. Hukumatga yaqin moliyachi hamda bozor bilan ishlaydigan tadbirkor Reuters bilan suhbatda ular bozorga o‘tgan yil oxiriga qadar egalik qilganini tasdiqladi.

“Oldin nimadir olib kirish va olib chiqish qiyin edi. Hamma ish ‘Abu Saxiy’ orqali qilinar edi, yoki qandaydir aqlga sig‘maydigan kontrabanda yo‘llaridan foydalanilar edi. Hozir ancha oson va sodda bo‘lib qoldi. Toshkent va viloyatning ko‘pgina istiqomatchilari Qozog‘istonga chiqib, banandan tortib maishiy texnika, telefon, kompyuterlar sotib olmoqda”, — ma’lum qildi tadbirkor agentlikka.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют