» » Foto: “Abu Saxiy” bozori nomi “Toshkent”ga o‘zgardi

Foto: “Abu Saxiy” bozori nomi “Toshkent”ga o‘zgardi


Toshkent shahridagi “Abu Saxiy savdo markazi” nomi o‘zgarmoqda.

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda bozor darvozasi tepasidagi “Abu Saxiy” yozuvi almashtirilayotgani ais etgan surat tarqalgandi. Internet foydalanuvchilari bozorning yangi nomi “Toshkent ipak yo‘li” yoki “Buyuk ipak yo‘li”ga o‘zgarishini taxmin qilgandi.

Savdo markazi ma’muriyati vakilining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bozor nomi chindan ham o‘zgargan va u endilikda “Toshkent savdo markazi” deb nomlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tez orada bozor rahbariyatida ham o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. O‘zgarishlarning birinchi bosqichida bozor nomi o‘zgartirilmoqda.

“Abu Saxiy”ning asosiy darvozasi tepasidagi “Abu Saxiy savdo markazi” yozuvi “Toshkent savdo markazi”ga o‘zgartirildi. Kompleksning yana uch binosidan “Abu Saxiy” yozuvlari olib tashlangan, ammo hozircha “Toshkent” yozuvi qo‘yilganicha yo‘q.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют