» » Dunyoda sotuvga qo‘yilgan eng qimmatbaho uy 446 mln dollarga baholandi

Dunyoda sotuvga qo‘yilgan eng qimmatbaho uy 446 mln dollarga baholandi


Gonkongda to‘rtta yotoqxonali kichik uy rekord narx — 446 million dollarga sotuvga qo‘yildi, deb yozadi “RBK”.

Dunyoda sotilayotgan uylar orasida eng qimmati bo‘lgan ushbu uy 15 sotixga yaqin yer maydonida joylashgan, u yerda avtoturargoh va basseyn bor, ammo uni hashamatli deb atab bo‘lmaydi.

U Gonkongning eng talabgir tumanlaridan birida — mahalliy aholi shunchaki “balandlik” deb ataydigan Viktoriya balandligida joylashgan. Uy 1991-yilda qurilgan bo‘lib, ichi ham 90-yillar uslubida bezatilgan.

Uyni savdoga qo‘ygan ko‘chmas mulk agentligi aniqlik kiritishicha, narx uyning o‘zidan ko‘ra, u joylashgan yerga taalluqli. “Uy ancha eski. Agar uni shuncha narxga sotib olishsa, uni buzib, o‘rnida boshqa uy qurishsa kerak”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют