» » AQShdagi eng qimmatbaho uy 350 mln dollarga sotuvga qo‘yildi

AQShdagi eng qimmatbaho uy 350 mln dollarga sotuvga qo‘yildi


AQShdagi eng qimmatbaho uy 350 mln dollarga sotuvga qo‘yildi, deya xabar bermoqda Forum Daily.

Los-Anjelesdagi Bel-Air hovli-joyi “Beverli-xillzlik qishloqi” teleseriali orqali tomoshabinlarga tanish. U avgust boshida — ko‘p yillik xo‘jayini milliarder Jerrold Perenchioning o‘limidan bir necha oy o‘tib sotuvga qo‘yildi.

Perenchio bu uyda 30 yil yashab, uni “Chartvell” deb nomladi va uning maydonini 4,2 gektargacha kengaytirdi.

2323 kavdrat metr maydonli qo‘rg‘on 1933-yilda XVIII asrga tegishli fransuz neoklassik arxitekturasidan ilhomlanib qurilgan edi. Uyda vino saqlanadigan yerto‘la, salon, bal zali, shuningdek, terrasali ovqatlaniladigan zal bor.

Perenchio yo‘lning narigi tomonida joylashgan, qachonlardir AQSh sobiq prezidenti Ronald Reyganga tegishli bo‘lgan uyni 2016-yil iyunida sotib olib, hovli-joyini yanada kengaytirdi.

Qo‘rg‘onga birikkan keng hududda tennis korti, mehmonlar uchun uy, bog‘lar, basseyn va 40 avtomobilga mo‘ljallangan turargoh joylashgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют