» » Fransiyaning Lojuvard qirg‘og‘ida dunyodagi eng qimmatbaho uy sotuvga qo‘yildi (foto)

Fransiyaning Lojuvard qirg‘og‘ida dunyodagi eng qimmatbaho uy sotuvga qo‘yildi (foto)


Fransiyaning Lojuvard sohilida Les C?dres villasi 415 million dollarga sotuvga qo‘yildi, deb yozadi Travel Ask. Bu ko‘chmas mulk sohasida rekord ko‘rsatkich bo‘ldi: hali birorta uy bunday katta pul evaziga sotilmagan edi.

Villaning maydoni 15 ming kvadrat metrni tashkil etadi, u 14 gektarlik xususiy hududda joylashgan. Qo‘rg‘onda 16 ta yotoqxona, 50 metrli yopiq basseyn, keng terrasa va bal zali bor. Shuningdek, alohida binoda 30 ta otni sig‘dira oladigan otxona joylashgan.

O‘tgan asrda hovli-joyda Elizabet Teylor, Charli Chaplin, Monako knyazi Renye III, yozuvchi Somerset Moem, Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill mehmon sifatida yashagan.

1830-yilda qurilgan villaga dastlab Vilfransh-syur-Mer shahar meri egalik qilgan. 1904-yilda u Belgiya qiroli Leopold II ning ixtiyoriga o‘tgan. Undan keyin Les C?dres fransiyalik zodagon oilaga o‘tgan, hozirda esa dabdabali uyga Italiyaning alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi Davide Campari-Milano kompaniyasi egalik qiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют