» » Toshkentda mast holatdagi haydovchi yo‘lni ta’mirlayotgan xodimni urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

Toshkentda mast holatdagi haydovchi yo‘lni ta’mirlayotgan xodimni urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi


Toshkent shahri Shayxontohur tumanida mast holatda avtomashina boshqarib ketayotgan shaxs shahar Ko‘prik ta’mirlash boshqarmasi ishchisini urib ketdi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 30-avgust kuni soat 00:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida joylashgan “Yalpiz” kafesi qarshisida haydovchi 1989-yilda tug‘ilgan D.T. Nexia-3 rusumli avtomobil yoritish chiroqlarini o‘chirib, tezligini me’yoridan oshirib, mast holda boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Haydovchi ko‘prikka tushish joyida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli to‘siq bilan to‘silgan temir panjarani urib o‘tib, harakati davomida Ko‘prik ta’mirlash boshqarmasi ishchisini urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada piyoda 1994-yilda tug‘ilgan A.N. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют