» » Avstraliyada koronavirusga qarshi vaksinaning odamlardagi sinovlari boshlandi

Avstraliyada koronavirusga qarshi vaksinaning odamlardagi sinovlari boshlandi


Avstraliya poytaxti Kanberra shahrida koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi. Vaksina AQShning Novavax kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi.

Takidlanishicha, 80 nafar kongilli vaksinani qabul qiladi, yana shuncha kongilli esa platseboni. Bir vaqtning ozida Avstraliya va AQShda bolib otadigan keng qamrovli sinovlarda jami 1,5 ming nafar kongilli qatnashadi va har bir mamlakatga 750 kishidan togri keladi.

Sinovlarda ishtirok etadigan dastlabki qatnashchilar Kanberradagi oliy oquv yurtlarining xodimlari va talabalari hisoblanadi.

Vaksinani qabul qilgan sinov guruhi kanberralik kongillilar. Hududda deyarli ikki oydan buyon koronavirus bilan kasallanish boyicha birorta ham yangi holat qayd etilmagani sababli mazkur shahar tanlangan. Ular preparatni qabul qilganidan buyon kop vaqt otmadi, biroq hozircha biz hech qanday salbiy tasirlarni kormayapmiz, deya malum qilgan tadqiqot markazi vakili Mett Kleysi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, preparatni qabul qilganlardan hech kim sogligi yuzasidan shikoyat qilmagan bolsa ham, vaksinani ishchi deb hisoblashga vaqtli. Sinovlarning birinchi bosqichida shifokorlar vaksina xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Sinalayotgan vaksina ikki qismdan tashkil topgan, ulardan biri virus genetik materialining kichik qismi hisoblanadi. Shu sababli emlanganda organizm virusni emas, balki uning izini qabul qiladi. U esa xavf manbayini tanishga va unga immunitet javobini tayyorlashga imkon beradi. Vaksinaning ikkinchi qismi bu javobni kuchaytiruvchi preparat hisoblanadi, deya tushuntirish bergan Kleysi.

Mutaxassisning bildirishicha, hozircha preparatni 49 nafar kongilli qabul qilgan, qolganlar esa tajribada ishtirok etishdan oldingi yakuniy tibbiy korikdan otmoqda. Birinchi emlashdan keyin olti oy otgach ikkinchi emlash amalga oshiriladi. Keyin esa shifokorlar koronavirusga qarshi immunitet hosil bolishi va uning barqarorligini kuzatishi uchun kongillilar har olti oyda tahlil topshiradi. Sinovlarning oraliq natijalari 2020-yilning oxirida malum boladi.

Avvalroq Qozogiston hukumati COVID-19ga qarshi vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat bergani haqida xabar qilingandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi yaratilganbirinchi vaksinaSputnik Vni olgan qizi ozini yaxshi his qilayotganinimalum qilgandi.

Shuningdek, Rospotrebnadzorning Vektor davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksinaning klinik sinovlari ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bolishi mumkinligixabar qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (31-08-2020, 21:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 2) ( 3)
:
-
:
20 ... -