» » Yaponiyada uchar avtomobil muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi (video)

Yaponiyada uchar avtomobil muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi (video)


Pandemiya ko‘plab tadqiqot loyihalari va ilmiy ixtirolarni to‘xtatib qo‘ydi. Biroq barchasi sekin-asta o‘z joyiga qaytmoqda. Xususan, Yaponiyadagi SkyDrive startapining uchar qurilmasi ham deyarli tayyor bo‘lib qoldi, deb xabar beradi “Yandeks.Dzen”.

Tokiodagi SkyDrive kompaniyasi o‘zining SD-03 nomli uchar avtomobili modelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu vertikal uchish va qo‘nish xususiyatiga ega dunyodagi eng kichkina elektromobil hisoblanadi. Yerda u 2 ta oddiy avtomobil joyini egallaydi.

Toyta poligonida mashina yerdan ikki metr balandlikka ko‘tarilib, to‘rt daqiqa parvoz qilgan. Eng muhimi — uning ichida haydovchi bo‘lgan. SkyDrive loyihasi rahbari Tomoxiro Fukudzavaning so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi 100 dan ortiq uchar avtomobil loyihalarining juda kam qismi uchish testlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Hozircha mashina 5-10 daqiqa ucha oladi, biroq parvoz vaqtini 30 daqiqaga qadar oshirish, uning tijoriy jihatda muvaffaqiyatga erishishini osonlashtiradi. Ixtirochilar 2023-yilga borib “uchar avtomobil”ni real mahsulotga aylantirish va uni ommaviy yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Airbus uchuvchisiz boshqariladigan vertolyoti o‘zining ilk parvozini amalga oshirgan edi.

Mavzuga doir: Video: 50 yildan keyin paydo bo‘ladigan haydovchisiz boshqariluvchi uchar avtomobil



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют