» » AQShda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 6 mln kishidan oshdi

AQShda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 6 mln kishidan oshdi


AQShda koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni olti million kishidan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 6 002 615 kishiga yetgan. Kasallikka chalingan 183 203 kishi vafot etgan, butun epidemiya davrida mamlakatda 2 153 939 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Butun dunyoda koronavirusga chalinish bo‘yicha 25 milliondan ortiq holat qayd etilgan va ularning 847 mingtadan ortig‘i o‘lim bilan tugagan. Kasallikdan tuzalganlar soni 16 million kishidan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga, 10-avgustda 20 millionga yetgan, 15-avgust kuni esa 21 milliondan, 19-avgust kuni esa 22 milliondan oshgandi. 22-avgustda bu ko‘rsatkich 23 millionga yetgan. 27-avgustda esa butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 24 milliondan oshgandi.

Mavzuga doir: AQShda birinchi marta COVID-19’ga qayta chalinish holati qayd etildi. Bu dunyo bo‘yicha to‘rtinchi shunday holat



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют