» » Dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 25 mln nafardan oshdi

Dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 25 mln nafardan oshdi


Butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 25 million nafardan oshdi. Bu haqda koronavirus pandemiyasi haqidagi statistik ma’lumotlarni e’lon qilib borayotgan Jons Hopkins universitetining axborotida qayd etilgan.

2020-yil 30-avgust Toshkent vaqtida bilan soat 19:30 holatiga ko‘ra, Yer yuzida koronavirus bilan kasallanganlar soni 25 042 382 nafarga yetgan. COVID-19 infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni esa 843 ming nafardan oshgan.

Hali ham koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha butun dunyoda AQSh yetakchilik qilmoqda, mamlakatda qariyb 6 million nafar odam kasallikka chalingan. Ikkinchi o‘rinni Braziliya (3 846 153 nafar), uchinchi pog‘onani esa Hindiston (3 542 733 nafar) egallab turibdi. To‘rtinchi o‘rindan Rossiya (987 470 nafar) va beshinchi o‘rindan esa Peru (639 435 nafar) joy olgan.

Kasallik oqibatida qayd etilgan o‘limlar soni bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich ham AQShga tegishli: mamlakatda 182 786 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. Keyingi o‘rinlarda Braziliya (120 262), Meksika (63 819), Hindiston (63 498), Buyuk Britaniya (41 585), Italiya (35 473) va Fransiya (30 607) bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga, 10-avgustda 20 millionga yetgan, 15-avgust kuni esa 21 milliondan, 19-avgust kuni esa 22 milliondan oshgandi. 22-avgustda bu ko‘rsatkich 23 millionga yetgan. 27-avgustda esa butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 24 milliondan oshgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют